Kontent qismiga oʻtish

Malavi (xalqlar guruhi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Malavi — bantu xalqlari guruhi. Malavining asosiy aholisi (6 mln. kishidan ortiq). Mozambikda, Zambi-yada va boshqalarda ham yashaydi. Umumiy soni 9,35 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Malavi tilida soʻzlashadi. Anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladilar, xristi-anlar, sunniy musulmonlar, sinkretik (aralash) kultlarga sigʻinuvchilar ham bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil