Kontent qismiga oʻtish

Malaysia Airlines 370 reysi halokati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kuala-Lumpurudan Pekinga tomon uchayotgan Boeing 777-200ER samolyoti 8 martga oʻtar kechasi radarlardan yoʻqolib qolgan. Samolyot bilan aloqa „Boing“ Malayziya va Vetnam havo kengliklarini kesib oʻtganidan bir necha daqiqa oʻtib uzilib qolgan. Bortdan olingan soʻnggi xabarlarga koʻra, samolyot yoʻqolishidan bir daqiqa avval parvoz odatdagi rejimda kechayotgan boʻlgan. Samolyot bortida 239 kishi, jumladan ekipajning 12 nafar aʼzosi boʻlgan.[1]

Kuala-Lumpurdan Pekinga uchgan Boing 777-200ER uchog'i

MH370 reysi Kuala-Lumpurdan Pekinga uchayotgan boʻlgan va China Southern Airlines aviakompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Boeing 777-200 Kuala-Lumpurdan mahalliy vaqt bilan 0:41da (Toshkent vaqti bilan juma kuni 21:41da) uchib ketgan. Samolyotdan soʻnggi signal parvoz boshlanganidan ikki soat oʻtib olingan. Samolyotni 18 ming soatdan koʻproq uchgan tajribali uchuvchi boshqarib borgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab, „Boing“ni qidirish ishlari uchuvchilar aloqaga chiqqan soʻnggi joy — Vetnam va Malayziya chegaralarida olib borildi. Keyinchalik esa, samolyot ortga burilgani taxmini bilan, qidiruv hududi Andaman dengizining janubi va Molukka boʻgʻoziga qadar kengaytirildi. Qidiruv operatsiyasida turli mamlakatlar, xususan, Malayziya, Xitoy, Vetnam, Singapur va AQSh vakillari ishtirok etishmoqda, 12 mart operatsiyaga Hindiston sohil xizmati vakillari ham qoʻshilishdi. Hozircha hukumat samolyotga nima boʻlganini tushuntirib bera olmayapti.

370-reysda boʻlgan yoʻlovchilar fuqoroligi
Millati Yoʻlovchilar Ekipaj Jami
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 6 6
Kanada bayrogʻi Kanada 2 2
Xitoy bayrogʻi Xitoy 152 152
Fransiya bayrogʻi Fransiya 4 4
Gon Kong bayrogʻi Gonkong[2] 1 1
Hindiston bayrogʻi Hindiston 5 5
Indoneziya 7 7
Eron bayrogʻi Eron [3] 2 2
Malayziya bayrogʻi Malayziya 38 12 50
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 1 1
Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya 2 2
Rossiya bayrogʻi Rossiya 1 1
Tayvan bayrogʻi Tayvan 1 1
Ukraina bayrogʻi Ukraina 2 2
AQSH bayrogʻi AQSh 3 3
Jami (14 davlat vakili) 227 12 239

8-martdan, 9-martga oʻtar kechasi Janubiy-Xitoy dengizi ustida yoʻqolib qolgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777-200 samolyoti Txo-Chu orolidan 250 kilometr uzoqlikda Vetnam hududiy suvlariga qulagan. Bu haqda, Reutersʼning mahalliy OAVga asoslanib xabar berishicha, Vetnam harbiy-dengiz kuchlari vakili maʼlum qilgan.[4] Qidiruv-qutqaruv ishlarida Vetnam, Malayziya va Xitoy harbiylari va qutqaruvchilari qatnashmoqda. Ayni vaqtda, Malayziya tomoni „Boing“ning qulagan joyi haqidagi axborotni hali tasdiqlaganicha yoʻq.

Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli yoʻqolgan Boeing 777-200ER layneri Hind okeanida halokatga uchragan. Bu haqda, Malayziya bosh vaziri Najib Tun Razzoq 24-mart, dushanba kuni boʻlib oʻtgan maxsus matbuot anjumanida maʼlum qilgan.[5]

Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, samolyot Hind okeanining janubiy qismida halokatga uchragan. Taxminlarga koʻra, yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolaridan hech biri omon qolmagan. Najib Tun Razzoqning qoʻshimcha qilishicha, qurbonlarning oila aʼzolariga bu haqda axborot berilgan.

„Boing“ janubiy koridor boʻylab uchgan va uning soʻnggi parvoz nuqtasi sifatida Avstraliyaning Pert shahridan gʻarbga tomon, Hind okeanining markaziy qismi belgilandi", — dedi Malayziya hukumati rahbari.

Avvalroq, Avstraliya qidiruv guruhi Hindik okeanida yoʻqolgan „Boing“ning qoldiqlari boʻlishi mumkin boʻlgan ikki obʼektni topgan va bu haqda Malayziya bosh vaziriga axborot bergan edi. Endilikda qidiruv-qutqaruv ishlari samolyot qismlari va qora qutisini topishga qaratilgan.

Samolyot bortida 239 kishi — 227 nafar yoʻlovchi va 12 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Ular orasida 14 mamlakat (ular orasida AQSh, Italiya, Fransiya, Malayziya, Xitoy, Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakat) fuqarolari boʻlgan.

  1. Малайзия ҲҲК йўқолган «Боинг» ҳақидаги янги маълумотларни тасдиқлади, 2014-03-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-03-13
  2. Kao, Ernest. „Hong Kong woman named as passenger on board missing Malaysia Airlines flight“. South China Morning Post (9-mart 2014-yil). Qaraldi: 10-mart 2014-yil.
  3. „Stolen jet passport 'no terror link'“. BBC News (11-mart 2014-yil). Qaraldi: 11-mart 2014-yil.
  4. Bortida 239 kishi boʻlgan Malayziya „Boing“ining qulagan joyi maʼlum boʻldi, 2014-03-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-03-13
  5. Малайзиянинг йўқолган «Боинг»и Ҳинд океанига қулагани эълон қилинди, 2014-03-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-03-26