Kontent qismiga oʻtish

Maligin baliqkoʻzi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Maligin baliqkoʻzi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Baliqko‘z
Oila: Sho‘radoshlar
Binar nomi
Climacoptera malygini

Maligin baliqkoʻzi (lotincha: Climacoptera malygini) – sho‘radoshlar oilasi baliqko‘z turkumiga mansub endemik oʻsimlik. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Sirdaryo viloyati, Mirzacho‘l hududida uchraydi[1]. Choʻl mntaqasida shoʻr (taqir tuproqlar) va shoʻrxok tuproqlarda oʻsishga moslashgan.

Bir yillik oʻt oʻsimlik, boʻyining uzunligi 30-35 sm. Shoʻrxok choʻllarda oʻsishga moslashgan, oʻq ildiz tizimiga ega. Yosh nihollarining sirti tuk bilan qoplangan, oʻsimlik kattalasha boshlaganidan keyin tuklari toʻkilib ketadi. Barglari novdada navbatma navbat joylashgan, rangi yashil, etli, uzunligi 0,8 sm gacha, shakli ingichka qalami, uchi toʻmtoqlashgan. Gulyonbargchalari gulqoʻrgʻonidan qisqa tuxumsimon shaklda. Gullari pushti yoki och pushti rangda, ikki jinsli, poya oxiridagi boshoq to‘pgullarda joylashgan. Gulqoʻrgʻon boʻlakchalari nashtarsimon tuksiz. Meva pishib yetilganidan keyin gulqoʻrgʻon boʻlaklari qanotcha hosil qiladi. Gultojibargalari va gulkosachabarglari 5 donadan erkin. Changdonining uzunligi 1,5 mm, yarmigacha qoʻshilgan, uchlari erkin. Hasharotlar yordamida changlanadi. Urug‘chibargi gulqoʻrgʻonidan uzun. Iyun-sentabr oylarida gullab, mevasi yetiladi. Mevasi quruq yongʻoqcha, qanotchalari yordamida, shamol orqali tarqaladi. Urug‘i orqali jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Yakka yakka holatda uchraydi. Sirdaryo viloyati, Mirzacho‘l hududida tarqalgan. Shoʻrxok tuproqlarda oʻsadi. Bu tur tarqalgan joylarda chorva mollarining koʻplab boqilishi va dehqonchilik olib borilishi natijasida areali kamayib ketgan[2].

  1. „Climacoptera malygini“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.