Kontent qismiga oʻtish

Malik Nabiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malik Nabiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-may 1916-yil
Toshkent
Vafoti 10-yanvar 2008-yil(2008-01-10)
(99 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Malik Nabiyev (1916.5.1, Toshkent – 2008.1.10) – rassom, pedagog, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1992). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Toshkent rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1933—37), Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1962). Toshkent rassomlik bilim yurtida (1938—58), 1958-yildan Toshkent pedagogika institutining badiiy grafika fakultetida oʻqituvchi, rangtasvir kafedrasi mudiri (1963-88), 1973-yildan hozirgi Toshkent pedagogika universiteti professor N., asosan, portret va tarixiy janrlarda ijod qiladi. Tarixiy mavzudagi asarlariga gʻoya va mavzuning ravshanligi, kurash, qarama-qarshiliklarda toʻqnashgan tomonlar holatini aniq belgilanishi, davr ruhini aniq tasvirlash kabi xususiyatlar xos boʻlsa, portretlarida zamondosh shaxslar tabiiy holatda, samimiy tasvirlanadi: „Doʻstim portreti“ (1933), „Qoʻzgʻolon bostirildi“ (1940), „Makedoniyaliklarga qarshi Spitamen qoʻzgʻoloni“ (1960), „Abu Rayhon Beruniy“ (1950, 1972), „Bobur“ (1962), „Xalq artisti Hasanov“ (1970), „Oʻqituvchi M. Gʻoipova“ (1977), „Amir Temur“ (1994) portretlari va boshqa Risolalar va uslubiy qoʻllanmalar muallifi. „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (2000). As.: Boshlangʻich sinflarda rasm chizish metodikasi, T., 1965; Rasm chizishni oʻrgatish metodikasi, T., 1971; Rangshunoslik, T., 1995.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil