Malika Ahmedova
Malika Ahmedova | |
---|---|
Tavalludi |
4-mart 1950-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Malika Muhamedovna Ahmedova (1950-yil Chimkent viloyati Sayram qishlogʻi) — raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1984). Toshkent xoreografiya bilim yurtining mumtoz raqs boʻlimini (1968), Toshkent davlat jahon tillari institutini (1972) tugatgan. Ijrosidagi raqslar milliy boʻyoqlarga boyligi, shoʻxchanligi, serjilva va nazokatliligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi raqslari: „Koʻzim shaxloga tushdi“, „Tamanno“, „Ey dilbari jonon“, „Namangan tanavori“, „Maqom“, „Muhabbat“, „Zarafshon malikasi“, „Nargiz“, „Xayolim senda“ va boshqa „Maysaraning ishi“ (Sulaymon Yudakov), „Zebuniso“ (S. Jalil) operalarida balet partiyalarini ijro etgan. Shuningdek, repertuaridan arab, afgʻon, ispan, turk, eron, hind va boshqa xalqlar raqslari oʻrin olgan. Ahmedovaga bagʻishlab „Bu sehrli raqs dunyosi“ videofilmi suratga olingan. Keyingi yillarda baletmeysterlik qilmoqda. Angliya, Avstraliya, AQSH, Italiya, Yugoslaviya, Yaponiya kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |