Kontent qismiga oʻtish

Malikchoʻl

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Malikchoʻl — Buxoro viloyatidagi choʻl. Zarafshon daryosining quyi oqimida. Daryoning yuqori koʻhna qayiri (terrasasi)da joylashgan. Gʻarbdan sharqqa 65 km choʻzilgan. Maydoni 58,2 ming ga. Relyefi tekis, Zarafshon daryosi tomon qiya. Iqlimi keskin, kontinental, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27—29°, yanvarniki 1,7—3,5°. Yillik yogʻin miqdori 180 mm. Tuprogʻi har xil darajada shoʻrlangan va gipslashgan boʻz tuproq. Oʻsimliklardan shuvoq, gulsafsar, pechakgul va boshqa oʻsadi. Hayvonlardan kalamush, uzunoyoq, yumronqoziq, qora ilon va boshqa bor. AmuBuxoro mashina kapali suvini choʻlga keltirilishi yangi yerlarni ochish, M.da bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik va polizchilik bilan birga paxtachilikni rivojlantirishga imkoniyat yaratdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil