Malyutka
Malyutka | |
---|---|
Sinflanishi | Yengil tank T-60 |
Ish.chiq. yili | 1943-yil |
Boʻyi, mm | 151 sm |
„Malyutka“ – T-60 tanklar turkumiga kiruvchi tankning nomi. Tank uchun mablagʻlar 1943-yilda Omsk viloyati bolalari tomonidan toʻplangan.
Yaratilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ada Zanegina onasi Polina Terentyevna bilan Omsk viloyati, Maryanovskiy tumani, Usovka qishlogʻiga evakuatsiya qilingan edi. 25-fevral 1943-yilda „Omskaya pravda“ gazetasida Smolensk viloyati Sychevka shahridan boʻlgan Ada Zaneginaning maktubi chop etilgan[1].
Xatda shunday yozilgan edi:
Men Ada Zaneginaman. Men olti yoshdaman. Men bosma holda yozaman. Gitler meni Smolensk viloyati Sychevka shahridan quvib chiqardi. Men uyga borishni istayman. Men kichkinaman, lekin Gitlerni magʻlub etishimiz kerakligini bilaman va shundan soʻng uyga qaytamiz. Onam tank uchun pul berdi. Men qoʻgʻirchoq uchun 122 rubl va 25 tiyin yiqqan edim. Va endi men ularni tank uchun beraman. Hurmatli muharrir amaki! Gazetada barcha bolalarga yozing, shunda ular ham pullarini tankga berishadi. Keling, uni „Malyutka“ deb ataymiz. Tankimiz Gitlerni magʻlub etganda, biz uyga qaytamiz. Ada. Onam shifokor, otam esa tankir[2].
Qizning otasi Aleksandr Zanegin, tankir lavozimida armiyada xizmat qilgan, keyinchalik Aleksandr Kursk jangi paytida vafot etgan. Keyinchalik Adele Aleksandrovna Voronets (Zanegina) gaplariga qaraganda[3], tank uchun pul yigʻish fikri uning xayoliga keldi va onasi bu haqda gazetaga xat yozishini maslahat berdi[2]. Bir qator manbalar kattalar bolalarni boshqargan degan fikrni bildirgan[4]. Boshqa tomondan, zamonaviy publitsistlarning taʼkidlashicha, bunday bayonot „adolatli emas“ deya topilgan[5].
Adaning maktubi eʼlon qilingandan soʻng gazeta tahririyatiga viloyatdagi boshqa bolalardan ham oz miqdorda pullarni „Malyutka“ tanki uchun xayriya qilmoqchi boʻlgan xatlar kelib tushgan. SSSR Davlat bankining Omsk viloyatidagi filialida 350035-sonli maxsus hisobraqam ochilib, unga bolalar tomonidan yigʻilgan mablagʻlar oʻtkazilgan va gazetada Ada tashabbusini olgʻa surgan maxsus sarlavha paydo boʻlgan. Natijada 160 886 rubl yigʻilgan, shundan soʻng pul Mudofaa jamgʻarmasiga oʻtkazilgan va Omsk shahar hukumati Oliy Bosh Qoʻmondonga telegramma yuborib, Omsk maktabgacha yoshdagi bolalar tank uchun pul yigʻishgani va ular tankni „Malyutka“ deb nomlashmoqchiligini aytgan. 1943-yil may oyida ushbu telegrammaga Oliy Bosh Qoʻmondon tomonidan javob xati kelgan[2].
Frontda
Malyutka 91-alohida tank brigadasi tarkibida jang qila boshlagan, uning haydovchisi Qizil Armiyaning oʻn toʻqqiz ayol tankirlaridan biri, serjant Yekaterina Alekseyevna Petlyuk boʻlgan. Mashhur afsonadan farqli oʻlaroq, „Malyutka“ Stalingrad jangida qatnasha olmadi, chunki u 1943-yil bahoridan oldin bitkazilgan edi[6]. Petlyukning oʻzi eslaganidek, u birinchi marta 1942-yil noyabrda T-60 tankiga oʻtirdi va Oryol operatsiyasi paytida (1943-yil iyul-avgust) T-70 tankiga oʻtgan. Shubhasiz, u 1943-yil yoz faslining boshlarida Malyutka tankida jang qila boshlagan, bundan oldin u boshqa T-60 tankini haydagan edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Знаменательные и памятные события 2013 года. Универсальный краеведческий календарь“ (deadlink). Омская государственная областная научная библиотека имени А. С. Пушкина. 2014-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Наталья Яковлева. „Танк назвали «Малютка»“. «Учительская газета». №19 от 7 мая 2013 года. 2014-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-may.
- ↑ „Воронец Адель Александровна“. Медицинский центр "Контракт" (08 май 2014). Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ Зоя Голубева. „Огненная дуга“. «Рабочая трибуна»//«Отрадный»: Городской интернет-портал (2013-yil 8-avgust). 2014-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-may.
- ↑ Николай Богунов. „"Малютка" не была одинокой“. «Независимое военное обозрение» (2003-yil 31-oktyabr). 2014-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-may.
- ↑ Татьяна Ачаирская. „Как омские дошколята фронту помогли: Исполнилось 70 лет со дня публикации письма Ады Занегиной из Марьяновки с призывом сбора денег на танк“ (PDF) (deadlink) 6. Омская правда (27 февраля 2013). — „А в июне газета сообщила, что танк «Малютка» отправлен на фронт и что его механиком-водителем стала Екатерина Петлюк“. 2014-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-may.