Kontent qismiga oʻtish

Mamarasul Boboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mamarasul Boboyev (1911.3.4, Kattaqoʻrgʻon — 1969.23.7, Toshkent) — oʻzbek shoiri. U dastlabki maʼlumotni Navoiy nomli maktabda oldi, Shoir 1927-yilning kuzida Buxorodagi xoʻjalik texnikumiga oʻqishga kirdi. 1934—1938-yillarda Mamarasul Boboev Toshkent davlat pedagogika instituti til va adabiyot fakultegning sirtqi boʻlimini tamomladi. Respublika gazeta, jurnal, nashriyot va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida ishlagan (1947—68). 1939-yilda „Guliston“ jurnalida uning „Ulugʻbek“ nomli tarixiy poemasi bosilib chiqdi. Ulugʻ Vatan urushi shoir uchun sinov yillari boʻldi. U 1941-1946-yillarda vatan mudofaasida qatnashib, Eronda xizmat qildi.

„Janubiy nuqtada“ (1953), „Eron daftari“ (1952), „Sadoqat haqida“ (1954) sheʼrlar turkumi va boshqa kitoblari nashr etilgan. „Yoshlik chogʻim — oltin chogʻim“ (1959), „Goʻzallik istab“ (1963) kabi dramalari bor. U rus (M. Lermontov, N. Nekrasov, T. Shevchenko, N. Tixonov, K. Simonov), tatar (M. Jalil), ovar (R. Hamzatov) shoirlari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning „Eron osmoni ostida“ turkum sheʼrlari horijiy sharq mavzudagi eng yaxshi asarlar sirasiga kiradi[1].

Sheʼriy toʻplamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Vatan shaʼniga“ (1939)
  • „Shodiyona“ (1951)
  • „Sevgan qoʻshiqlarim“ (1959)
  • „Yangra rubob“ (1961)
  • „Ayni yoz“ (1961),
  • „Yuragimning aytganlari“ (1963)
  1. "Boboyev Mamarasul" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Tanlangan asarlar, —2j.lar, T.: 1974-1975.