Mamatxon Ubaydullayev
Mamatxon Ubaydullayev | |
---|---|
Tavalludi |
22-aprel 1925-yil |
Vafoti |
29-aprel 2010-yil (85 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
Mamatxon Ubaydullayev (1925.3.3, Namangan) — Oʻzbekiston xalq artisti (1982), Oʻzbekiston SSR xizmat koʻrsatgan artist (30.09.1957).[1] 1943-yildan Namangan viloyat musikali drama va komediya teatrida ishlaydi. "Ogʻriq tishlar"dagi Mamarasul, "Otello"da Yago, "Maysaraning ishi"da Choʻpon, "Ona qalbi"da Erkin, "Shubha"da Haydar, "Qirol Lir"da Graf Emond, "Nurxon"da Mamat, Hoji, "Tohir va Zuhra"da Qorabotir, "Hamlet"da Hamlet, "Sarvqomat dilbarim"da Ilyos, "Ezop"da Ksaf, "Aziz va Sanam"da Junaidxon kabi rollarni oʻy n agan. Qaqramonlarini nozik psixologik kechinmalar orqali ifoda etish, nutq va harakatlarning rang-barangligi, kuchli temperament U. ijodining yetakchi xususiyatlaridan. "Elyurt hurmati" ordeni (1998), "Shuxrat" medali (1993) bilan mukofotlangan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ http://press.natlib.uz/ru/editions/97140
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |