Kontent qismiga oʻtish

Mambeyev Saduakas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mambeev Saduakasdan yoʻnaltirildi)
Mambeyev Saduakas
qozoqcha: Сәдуақас Мәмбеев
Tavalludi 1898-yil
Vafoti 1968-yil
Krasnoyarsk oʻlkasi, Rossiya
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR
Unvoni 1-darajali huqushunos

Mambeyev Saduakas (1898-yil, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi – 1958-yil Krasnoyarsk oʻlkasi, SSSR) – 1-darajali harbiy huquqshunos, 1925-1927-yillarda Qozogʻiston SSR adliya komissari va prokurori[1].

Mambeyev Saduakas 1898-yil Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. 1914-yil rus-qozoq oʻrta taʼlim maktabini bitirib, 1918-yilda Toshkentda bir yil malakasini oshirgan. 1920-yil Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasiga aʼzo boʻlgan. Bundan soʻng, Turkiston xalq komissarligi siyosiy komissari etib tayinlangan. Xuddi shu yili, Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan hamda Turkiston harbiy komissari sifatida ish boshlagan. Mambeev Saduakas 1922-yilda Toshkent okrugi prokurori yordamchisi lavozimiga tayinlangan. 1923-yili u Moskva shahrida prokurorlik boʻyicha malakasini oshirgan. Moskvadan qaytganidan soʻng, Saduakas Mambeev Jetisuv viloyati prokurori etib tayinlandi. 1925-yil Qozogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi qayta tashkil qilingach, Saduakas Mambeev Qozogʻiston SSR adliya komissari etib tayinlandi. 1931-yil Qozogʻiston SSR chegara qoʻshinlari harbiy komissari sifatida ishladi. 1935-yildan 1938-yil 4-fevralgacha Oʻrta Osiyo prokurorlar birlashmasining Qozogʻistondagi rahbari sifatida faoliyat yuritdi. Mambeev Saduakas 1938-yil fevral oyida Qozogʻiston SSR ichki ishlar komiteti tomonidan hibsga olingan. SSSR Oliy sudining hukmi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. 1949-yilda jazo muddatini oʻtab chiqqan Mambeev Saduakas, Sibirga surgun qilingan[2]. SSSR Oliy harbiy sudining 1955-yil 29-oktyabrdagi qarori bilan Saduakas Mambeev oqlangan. Unga berilgan jazo bekor qilindi.

Mambeyev Saduakas 1958-yilda SSSRdagi Krosnoyarsk oʻlkasida vafot etgan.

  1. „Мамбеев Садувакас Согиндыкович“. Qaraldi: 13-sentabr 2023-yil.
  2. „Трагические уроки истории | Nomad | 15.06.2010“. 2013-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-fevral.