Mamlakat Mahkamova
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Mamlakat Mahkamova. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Mamlakat Mahkamova“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • Mahkamova qaydlar • oʻchirish |
Mamlakat Abduqodirovna Mahkamova | |
---|---|
Tavalludi |
13-iyun 1965-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
2022-yil (57 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | iqtisodchi |
Sohasi | iqtisodiyot |
Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
Ilmiy darajasi | iqtisodiyot fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mamlakat Abduqodirovna Mahkamova (1965-yil 13-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2022-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olima, iqtisodiyot fanlari doktori (2004), professor (2008).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat Mahkamova 1965-yilg 13-iyun Toshkent shahrida tarix fanlari doktori, professor Oʻrolov Abduqodir oilasida tug‘ilgan[1]. 1988-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis–iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 1992—2002-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti „Mashinasozlik iqtisodiyoti va uni boshqarish“ kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri, 2004—2005-yillarda universitetning „Biznes boshqaruvi“ fakulteti dekani, 2006—2010-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Menejment va marketing“ kafedrasi mudiri[2], 2017—2022-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti „Korporativ boshqaruv“ kafedrasi, soʻngra „Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti“ kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatgan[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1988—1992-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot instituti aspiranturasida oʻqigan. 1994-yilda „Bozor munosabatlarida o‘tish sharoitida O‘zbekiston Respublikasining mashinasozlik korxonalarida ishchilarni moddiy ragʻbatlantirish“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilib, iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darjasini olgan. 2004-yilda iqtisodiy fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 1998-yilda dotsent, 2008-yilda professor ilmiy unvoni beilgan[3]. 25 dan ortiq oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar, 3 ta monografiya, 3 ta darslik, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Menejment va marketing“.
- ↑ 3,0 3,1 „Mahkamova Mamlakat Abdukodirovna“.