Manas Ordo
Manas Ordo (qirgʻiz va ruscha:Манас Ордо) – zamonaviy bogʻ Manasning Kumbozi (qirgʻizcha: Манастын күмбөзү; ruscha: Кумбез Манаса) ichida qurilgan, Qoraxoniylar davriga oid maqbara. Katta ehtimol bilan, taxminan 1334 yilda qurilgan, qirgʻiz epik qahramoni Manasning hoki shu yerda saqlanadi degan tushuncha mavjud. Qirgʻizlar orasida bu joy mozor maqomiga ega.
Maqbara 14-asrda qurilgan boshqa yodgorliklariga oʻxshab ketadi, yodgorlikning tashqi chetida kufiy yozuvi bor[1].
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qirgʻiz epik qahramoni Manas Qirgʻiziston shimoli-gʻarbidagi Talas viloyatidagi Talas Olatovi togʻlarida dafn etilgani aytiladi. Maqbara Talas shahridan 12 km sharqda joylashgani va bu yerda manasning hoki boʻlishi mumkinligiga boʻlgan ishonch, bu hududni qirgʻiz sayohatchilari orasida mashhur qilgan. 1995-yildan buyon har yozda qirgʻizlarning anʼanaviy chavandozlar bahslari shu hududda oʻtkaziladi. Ammo maqbara ustidagi yozuvda u „…ayollarning eng mashhuri, amir Abukaning qizi Kenizek-Xatun“ga bagʻishlanganligi aytiladi. Afsonaga koʻra, Manasning bevasi Kanikey erining dushmanlarini chalgʻitib, uning qabrini bulgʻamaslik uchun bu yozuv yozishga buyruq bergan.
Darhaqiqat, arxeologlar qabrni ochganda, ayolning skeletini emas, balki boʻyi axminan 2 m (6,5 fut) boʻlgan erkakning skeletini topganlar. Akademiklar va mutaxassislar buni Manas Ordo haqiqatan ham qabrning tashqi yozuvida tilga olingan malikaning emas, balki afsonaviy jangchining qabri ekanligini maʼlum qilishgan.
Manas bu maqbarada dafn etilmagan, degan fikrlar ham boʻlsa-da, bu manzilgoh Qirgʻizistonda mashhur va muhim maʼnaviy obida hisoblanadi.