Kontent qismiga oʻtish

Manchester mumiyosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Manchesterdagi Natural History Society muzeyi. 1850-yilda, ushbu binoda Hannah Beswickning mumiyolangan jasadi tomoshabinlarga namoyish etilgan.

Hannah Beswick (1688–1758), Birchin Bower, Hollinwood, Oldham, Great Manchester shaharlarida yashagan badavlat ayol. Bu badavlat ayolning biologik oʻlim boʻlmagan holatda dafn etilishidan patologik fobiyasi boʻlgan[1]. 1758-yilda vafot etganidan soʻng, uning jasadi tiriklik belgilarining bor yoki yoʻqligini tekshirib turish uchun mumiyolab qoʻyilgan va dafn etilmasdan saqlab turilgan.

Mumiyolash qaysi usulda oʻtkazilgani qayd etilmagan, biroq tomirlarga qonning oʻrniga skipidar va vermilion moddalari quyilgani aniq. Keyin esa jasad eski soat qutisiga solingan va Beswickning oilaviy shifokori Charles Whitening uyida saqlangan. Beswickning ushbu gʻayrioddiy ishi uning mashhur boʻlishiga sabab boʻlgan. Doktor White uyiga kelgan baʼzi qiziqqon kishilarga boy xonimning jasadini koʻrishga ruxsat bergan.

Beswickning mumiyolangan jasadi Manchester muzeyiga keltirilgan va koʻrgazmaga qoʻyilgan. U Manchester mumiyosi yoki Birchin Bower mumiyosi nomini olgan. Manchester yepiskopi ruxsati bilan Beswick dafn qilinishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Dafn marosimi 1868-yil 22-iyul kuni Harpurhey qabristonida, uning oʻlimidan 100 yildan ortiq vaqt oʻtganidan keyin amalga oshirilgan.

  • Bondeson, Jan (1997), A Cabinet of Medical Curiosities, I. B. Taurus, ISBN 978-1-86064-228-9
  • Bondeson, Jan (2001), Buried Alive: the Terrifying History of our Most Primal Fear, W. W. Norton & Company, ISBN 978-0-393-04906-0
  • Clendening, Logan (2005), The Romance of Medicine: Behind the Doctor, Kessinger Publishing, ISBN 978-1-4191-5172-9
  • Cooper, Glynis (2007), Manchester's Suburbs, The Breedon Books Publishing Company, ISBN 978-1-85983-592-0
  • Dobson, Jessie (1953), „Some Eighteenth Century Experiments in Embalming“, Journal of the History of Medicine and Allied Sciences, Oxford University Press, 8 (4): 431–441, doi:10.1093/jhmas/VIII.October.431, PMID 13109185
  • Hough, Peter; Randles, Jenny (1993), Mysteries of the Mersey Valley, Sigma Leisure, ISBN 978-1-85058-355-4
  • Hyde, Matthew; O'Rourke, Aidan; Portland, Peter (2004), Around the M60: Manchester's Orbital Motorway, AMCD (Publishers) Limited, ISBN 978-1-897762-30-1
  • Kohl, Johann Georg (1844), England, Wales and Scotland, Chapman and Hall
  • Portland, Peter (2002), Around Haunted Manchester, AMCD (Publishers) Limited, ISBN 978-1-897762-25-7
  • Sitwell, Edith (1933), The English Eccentrics, Faber & Faber