Kontent qismiga oʻtish

Mandakini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mandakini
Tavalludi
Yasmeen Joseph

30-iyul 1963-yil (1963-07-30) (61 yosh)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1985-1996
Turmush oʻrtogʻi
Dr. Kagyur T. Rinpoche Thakur (turm. 1990)
Bolalari 2 nafar

Mandakini (tugʻilgan Yasmeen Joseph; 1963-yil 30-iyul) — hindistonlik sobiq aktrisa. U 1985-yilda mashhur Ram Teri Ganga Maili filmidagi bosh roli bilan yaxshi esda qolgan. Mandakini keyinchalik Merfi reklamasida bolakay rolini oʻynagan doktor Kagyurga turmushga chiqdi.

Yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mandakini 1963-yil 30-iyulda Meerutda Yasmeen Jozeph ismi bilan Tugʻilgan. Uning otasi ingliz, onasi esa kashmirlik.  22 yoshida uni afsonaviy rejissyor Raj Kapoor kashf qildi va unga „Mandakini“ ekran nomi berildi.[1]

Kino faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mandakini hind kino sanoatidagi birinchi filmi 1985-yilda prodyuser-rejissyor Raj Kapoorning kenja oʻgʻli Rajiv Kapoorning Ram Teri Ganga Maili filmi boʻlib unda u bosh rolni ijro etgan.[2] Film blokbaster edi va Mandakini eng yaxshi aktrisa sifatida Filmfare nominatsiyasiga sazovor boʻldi.[3] Keyin u Mithun Chakraborti bilan Dance Dance, Aditya Pancholi bilan Kaxan Xay Kanun va Govinda bilan Pyaar Karke Dexo kabi yana bir nechta muvaffaqiyatli filmlarda rol oʻynadi, lekin birinchi filmining muvaffaqiyatini qayta tiklay olmadi. Aktrisa 1996-yilda suratga olingan „Zordaar“ filmidan keyin Bolliwood sanoati bilan xayrlashishga qaror qildi.[4]

Buddizmni qabul qilish va Yoga

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yilda Mandakini sobiq buddist rohib doktor Kagyur T. Rinpoche Thakurga turmushga chiqdi va buddizmni qabul qildi.[5] Uning eri bolaligida 1970 va 1980-yillarda Merfi radiosi reklamalarida koʻrsatilgan bolakay sifatida shuhrat qozongan. Er-xotinning Rabbil ismli oʻgʻli va Rabze Innaya ismli qizi bor. Buddizmni qabul qilib, Dalai Lamaning izdoshi boʻlganidan soʻng, Mandakini Tibet yoga boʻyicha mashgʻulotlarni boshladi, eri esa Tibet oʻsimliklar markazini boshqaradi.[6]

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nom Rol Izohlar
1985 Mera Saathi Shanti
Ram Teri Ganga Maili Ganga
1986 Simhasanam Visha Kanya Telugu filmi
Om
Jeeva Nalini
Aag Aur Shola Usha
Jaal Madhu
Mazloom Meena
1987 Apne Apne Ila
Loha Seema
Pyaar Karke Dekho Urvashi
Bhargava Ramudu Roja Telugu
Dance Dance Janita
Hawalaat Leela
Param Dharam Bijli
1988 Pyaar Mohabbat
Jeete Hain Shaan Se Julie
Shoorveer Meena
Commando Asha Malhotra
Hum To Chale Pardes
Maar Dhaad
Maalamaal Honey
Tezaab Nikita Maxsus koʻrinish
Agnee Ayushi
1989 Naag Nagin Ichchadhari Nagin Chandni
Kahan Hai Kanoon
Aakhri Baazi Rita
Jung Baaz Sangeeta Mathur/Neena Ninjo
Na-Insaafi Kamli
Hisaab Khoon Ka Preet K. Kaushal
Desh Ke Dushman Anita Madan
Ladaai Geeta Verma
1990 sheshnaag
Shandaar Anita Chaurasia
Naya Khoon Dr. Seema
Jaan-E-Wafa
Dushman Laxmi
Pyar Ke Naam Qurbaan Gauri
Taqdeer Ka Tamasha Rajni
Andha Bichar Special Bengal filmi
1991 Antarer Bhalobasha Jhilik Bengal filmi
Deshwasi Maryada Shivpal Singh
1992 Pyaar Ka Saudagar Shalini Arun Verma
1996 Zordaar Neha
  1. „Happy Birthday Mandakini 7 lesser-known facts about the Ram Teri Ganga Maili actor“ (30-iyul 2017-yil). Qaraldi: 23-mart 2022-yil.
  2. „Happy Birthday Mandakini 7 lesser-known facts about the Ram Teri Ganga Maili actor“ (30-iyul 2017-yil). Qaraldi: 23-mart 2022-yil.
  3. „Filmfare Awards“. 2009-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2008-yil.
  4. „Mandakini the Ram Teri Ganga Maili actor“ (30-iyul 2017-yil). Qaraldi: 23-mart 2022-yil.
  5. Ramachandran. „Mandakini to make a comeback“ (inglizcha). Deccan Chronicle (2-avgust 2021-yil). Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.
  6. „Mandakini spritual guide“. TOI. Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.