Kontent qismiga oʻtish

Manfiy qarshilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manfiy qarshilik - elektr zanjiridan oʻtayotgan tok koʻpayganda zanjir boʻlagida kuchlanishning pasayishi. Zanjirning Manfiy qarshilikka ega boʻlgan boʻlagi elektr energiyani iyerof qilmaydi, balki zanjirda energiya ortadi. Bunday vazifani zanjir tarkibiga kirgan qoʻshimcha manba bajaradi. Manbaning energiyasi chekli boʻlganidan Manfiy qarshilik tok va kuchlanishning biror qiymatlarida mavjud boʻlishi mumkin. Mas, elektr zanjirga kiritilgan baʼzi bir gazrazryad asboblarda Manfiy qarshilik boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil