Kontent qismiga oʻtish

Mangʻistau (viloyat)

Koordinatalari: 43°52′0″N 52°0′0″E / 43.86667°N 52.00000°E / 43.86667; 52.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mang'istov viloyatidan yoʻnaltirildi)
Mangʻistau viloyati
qozoqcha: Маңғыстау облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Maʼmuriy markazi Aqtau
Yirik shahari Aqtau, Janaoʻzen
Asos solingan sanasi 1973-yil
Akim Aydarbekov Alik Serikovich
Aholi (2013)
577,464[1]
(3 % ,  (15-oʻrin)
Zichligi 3,5 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar 88 %
ruslar 8,2 %
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 165 642 km² (6,1 %, 7-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi
 Eng past joyi


 556 m
 -132 m
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 7292 [2]
Pochta indeksi 13 xxxx[3]
Avtomobil raqami kodi R, 12
Rasmiy sayti http://www.mangystau.kz/index.php
Xaritada
Mangʻistau viloyati xaritada
43°52′0″N 52°0′0″E / 43.86667°N 52.00000°E / 43.86667; 52.00000

Mangʻistau viloyati (qozoqcha: Маңғыстау облысы), — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1973-yil 20-martda Guryev (hozirgi Atiarau) viloyatidan ajralib chiqqan. Maydoni 165,6 ming km2. Aholisi 577,464 kishi (2013). 1988-yilning 2-iyunida tarqatilib 1990-yilning 17-avgustida tarixiy „Mangʻistau“ degan nom bilan qaytadan viloyat boʻlib tashkil topdi. Viloyat markaizi — Aqtau shahri. Mangʻistau viloyati Qozogʻistonni dengiz bilan bogʻlaydigan yagona suv bekati bor.

Kaspiy dengizininig sputnik yordamida olingan tasviri

Viloyat aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 547,424 kishiga yetdi. Viloyat aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:

Viloyatning milliy tarkibi[4][5]:
Aholi soni
1989 yilgi
% Aholi soni
1999 yilgi
% Aholi soni
2010 yilgi
%
jami 332424 100,00 % 314669 100,00 % 446265 100,00 %
Qozoqlar 165043 49,65 % 247644 78,70 % 386069 86,51 %
Ruslar 106801 32,13 % 46630 14,82 % 38160 8,55 %
Ozarbayjonlar 4568 1,37 % 3407 1,08 % 4456 1,00 %
Ukrainlar 10159 3,06 % 4124 1,31 % 3290 0,74 %
Lezginlar 10366 3,12 % 2379 0,76 % 2433 0,55 %
Tatarlar 5163 1,55 % 2490 0,79 % 2191 0,49 %
Armanlar 1873 0,56 % 1308 0,42 % 1223 0,27 %
Qoraqalpoqlar 89 0,03 % 144 0,05 % 875 0,20 %
Chechenlar 4056 1,22 % 655 0,21 % 811 0,18 %
Koreyslar 816 0,25 % 716 0,23 % 802 0,18 %
Oʻzbeklar 937 0,28 % 394 0,13 % 612 0,14 %
Qirgʻizlar 325 0,10 % 323 0,10 % 484 0,11 %
Olmonlar 1136 0,34 % 554 0,18 % 436 0,10 %
Beloruslar 1697 0,51 % 612 0,19 % 427 0,10 %
Osetinlar 1111 0,33 % 338 0,11 % 314 0,07 %
Gurjinlar 690 0,21 % 215 0,07 % 279 0,06 %
Udinlar 284 0,09 % 241 0,08 % 266 0,06 %
boshqalar 17310 1,64 % 2495 0,83 % 3137 0,70 %

Viloyatda tugʻish koʻrsatkichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dunyoga kelganlar 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011
ming kishi 8,086 9,385 9,898 11,248 12,201 13,348 14,236 14,676 16,025
1000 kishiga hisoblaganda 23.50 26.38 26.89 29.41 30.58 32.04 32.00 28.57 29.96

Mangʻistau viloyati Qozogʻistonning janubi-gʻarbida. Relyefi xilma-xil. Oʻrtacha balandlikdagi togʻ, qirlar, keng tekisliklar va okean sathidan past botiqlar uchraydi. Mangʻistau togʻlari (eng baland choʻqqisi Qaratau tizmasidagi Beshshoʻqi choʻqqisi 556 m) shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon 150 km masofaga choʻzilgan. Viloyatning shimoliy Kaspiy boʻyi pasttekisligining janubiy chekkasi bilan band. Mangʻistau togʻlaridan janubi-sharqda Qozogʻistonda eng chuqur Qoragiyo (Botir) botigʻi joylashgan (—132 m). Viloyatning janubi-sharqiy qismini Ustyurt platosi egallagan. Bu yerda Mangʻistau neft havzasi joylashgan. Katta tabiiy gaz zahiralari ham bor. Temir rudasi, qoʻngʻir koʻmir, ohaktosh, mergel va boshqa foydali qazilma boyliklar ham koʻp. Tuproqlari, asosan, boʻz-qoʻngʻir tuproq. Shimol-gʻarb vajanubi-sharqiy qismida shoʻrxoklar va taqirlar keng tarqalgan. Shimol bilan janubda shuvoq va shoʻralar; Kaspiy dengizi sohillarida shoʻra va galofit oʻtlar oʻsadi. Hayvonlardan saygʻoq, boʻri, tulki, kemiruvchilardan yumronqoziq, qoʻshoyoq, qushlardan tuvaloq, qizgʻaldoq uchraydi.

Iqlimi va ichki suvlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi keskin kontinental va quruq. Yanvarning oʻrtacha harorati —3, —4°. Yozi juda issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha harorati 26—27°. Maksimal harorat 45° ga yetadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori viloyat shimolida 150– 160 mm, janubida 100–110 mm. Yer usti suvlari kam. Faqat janubi-sharqidagina bir nechta koʻl bor. Kaspiy dengizining suvi quruklikka ancha kirib borgan. Qoʻltiqlarning suvlari shoʻr, ichish va texnika maqsadlarida foydalanishga yaramaydi. Yer osti suvi koʻp. Quduq suvlaridan keng foydalanilmoqda.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2 ta viloyat ahamiyatiga ega shahar: Aqtau va Janaoʻzen.
  • 5 ta tumandan iborat:
  1. Beyneu tumaniBeyneu
  2. Qaraqiya tumaniQuryq
  3. Mangʻistau tumaniShetpe
  4. Munayli tumaniMangʻistau
  5. Tupqaragʻan tumaniFort-Shevchenko

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq xoʻjaligining asosini goʻsht-junga ixtisoslashgan qoʻychilik, tuyachilik va yilqichilik tashkil etadi. Bu yerda chorva mollari deyarli yil boʻyi yaylovlarda boqiladi. Dehqonchilik suyet rivojlangan. MaqatAqtau —— Uzen va Beyneu —— Qoʻngʻirot temir yoʻli Mangʻistau neftini va Oʻrta Osiyo paxtasini boshqa mamlakatlarga chiqarish imkonini beradi. Viloyatni Atirau, Astraxon va Turkmanboshi shaharlari bilan bogʻlaydigan dengiz yoʻlovchilar tashish transporti ham ishlaydi. Havo transporti viloyat markazi Aqtauni Olmaota, Aterov va Moskva bilan bogʻlaydi.[6]

Mangʻistau viloyati Qozogʻistonning donor hududi boʻlib hisoblanadi. Neft va gaz konlariga boy, asosiy markazlari — Uzen va Jetiboy neft konlari. Oziq-ovqat ayniqsa baliq sanoati rivojlangan. Aqtau shahrida goʻsht kombinati, sut, kimyo, temir-beton konstruksiyalar zavodlari, qurilishda ishlatiladigan chigʻanoqtosh koni, suvni chuchuklashtirish qurilmasiga ega boʻlgan issiqlik va atom elektr stansiyalari, Bautino posyolkasida baliq ovlash kemalarini taʼmirlash zavodi, Yeraliyevo shaharchasida tikuvchilik fabrikasi bor.

Mangʻistau viloyati Kaspiy dengizining yoqasida joylashganligi va boshqa davlatlar bilan chegaradosh boʻlganligi sabab, yuk tashish yildan-yilga koʻpayib bormoqda. Viloyatda „Jer-Dengiz-Aspan“ rejasi ham yaxshi rivojlanib kelayapti. Viloyatning 2010-yilgi iqtisodiy koʻrsatkichlari:

  • Umumiy hudud mahsuloti — 1,422,9 mlrd tenge (5 oʻrin)
  • Korxona mahsulotlarining umumiy hajmi — 1647, 4 mlrd tenge (2 oʻrin)
  • Qishloq xoʻjaligining mahsuloti — 4,4 mlrd tenge (14 oʻrin)
  • Asosiy kapitalga quyilgan sarmoya — 372 mlrd tenge (3 oʻrin)
  • Parchalangan savdo koʻlami — 78 mlrd tenge (14 oʻrin)

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatda 117 kunduzgi umumiy bilim beruvchi maktab (qatnashuvchilar soni 88,1 ming), 13 kolledj (10,3 ming qatnashuvchi) 4 oliy oʻquv yurti (17,8 ming student) faoliyat yuritadi.