Kontent qismiga oʻtish

Mangʻit (Mangʻiton)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mangʻit (Mangʻiton) — Buxoro viloyati, Buxoro tumani Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi aholi pukti nomi[1].

Mangʻit atamasi etnotoponimdir. Mazkur etnotoponim aslida mangʻit etnonimi toponimizatsiyasi asosida yuzaga kelgan. Mangʻit oʻzbek xalqi tarkibidagi eng qadimiy, yirik qabila. Uning qoramangʻit, oqmangʻit, cholmangʻit, boygʻundamangʻit, toʻqmangʻit, oʻnikki, chalamangʻit kabi boʻlimlari, temirxoʻja, esaboy, esat, guvalak, koʻsa, toz, qorabayir, baqirchi, chovqay, kulatamgʻali, mangʻitqozoq, galabotir, beshkal, chobakchak, uz, uvolay kabi urugʻ tarmoqlari boʻlganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Mangʻit — turkiy, moʻgʻul, tungus-manjur tillariga, yaʼni ularning oʻtmishdagi oltoy bobotiliga tegishli soʻz. Moʻgʻulcha shakli- „myangad“, yaʼni minglar demakdir. Buxoro amirligini ham 1956—1920-yillarda mangʻitlar sulolasi boshqargan. Ushbu etnonim Oʻzbekistonning qariyib barcha tumanlarida uchraydi. Mangʻit atamasi qishloq, ovul, guzar, shahar, tumanning atoqli nomi, yaʼni toponim sifatida qoʻllanadi. Gʻijduvon tumanidagi qishloq nomi shu etnotoponim bilan atalgan. Mazkur etnonim toponim sifatida bir qancha soʻzlar bilan birga qoʻllanadi: Mangʻitguzar (Gʻuzor tumani), Mangʻittoʻp (Qamashi tumani), Mangʻitobod (Urgut tumani), Mangʻittepa (Ishtixon tumani), Oqmangʻit (Pastdargʻom, Urgut tumanlari). Shuningdek, Xoʻjaobod, Jondor, Buvayda, Dangʻara tumanlarida mangʻit etnonimi toponim sifatida qoʻllanadi. Gurlan, Hazorasp tumanlarida Maʼngʻitsolma, Mangʻityop (aslida Mangʻityop boʻlib, „yob“ soʻzi Xorazm shevasida „ariq“ maʼnosini anglatadi, yaʼni „mangʻitlarning arigʻi“) kabi qishloqlar ham mavjud. Qolaversa, Qoraqalpogʻiston Respublikasida Maʼngʻit tumani ham mavjud. Buxoro tumani Sohibkor mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi aholi pukti nomi Mangʻit yoki Mangʻiton shaklida uchraydi</ref>.Oʻtmishda shu kasb bilan shugʻullangan aholining yashash manzili[2].

  1. Rajabov Q, Hayitov Sh, Sodiqov F. Buxoro tuman tarixi (qisqacha ma’lumotnoma). Toshkent: Tafakkur, 2015 — 52-bet. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet.