Mann Genrix
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mann Genrix (1871.27.3, Lyubek, Germaniya — 1950.12.3, SantaMonika, Kaliforniya) — nemis yozuvchisi. "Ajoyibotlar mamlakatida" romani (1900), "Maʼbudalar" trilogiyasi (1903)da zodagon-yunkerlar monar-xiyasi va reaksion prus mafkurasiga qarshi chikdi. "Razil oʻqituvchi" romani (1905)da maktab tarbiyasining pruschamonarxik tizimini tanqid qilgan. "Katta muhabbat" dramasi (1912)da zi-yolilar takdiri yoritildi. "Imperiya" trilogiyasida ("Sodiq fuqaro", 1914; "Kambagʻallar", 1917; "Bosh", 1925) Germaniyadagi Birinchi jahon urushi arafasidagi ijtimoiysiyosiy voqealar tasvirlangan, jamiyatdagi salbiy hodisalar fosh etilgan. M. Prussiya sanʼat akademiyasi badiiy soʻz shoʻʼbasi prezidenti etib saylandi (1931). Gitlerchilar hokimiyatga kelgach, M. bu tashkilotdan chikarilib, nemis fuqaroligidan mahrum etildi. U vatanini tashlab, Fransiyaga ketishga majbur boʻldi. 1940-yildan AQShda yashadi. Mu-hojirlikda yaratgan publitsistik toʻplamlari ("Nafrat", 1993; "Kun keladi", 1936; "Mardlik", 1939), "Qirol Genrix IV ning yoshligi" (1935), "Qirol Genrix IV ning balogʻati" (1937) romanlari vatanparvarlik, insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan. "Sodiq fuqaro" romani oʻzbek tilida nashr etilgan (1970)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |