Mannali sho‘rva
Mannali shoʻrva (nemischa: Grießsuppe durum (qattiq bugʻdoy navi) nomli bugdoydan yirikroq qilib yanchilgan holda olinadigan undan tayyorlanadigan shoʻrva boʻlib, nemis va Avstriya oshxonasining ocharchilik davrlariga xos, hozirda deyarli unutilgan mashhur taomi. Grafinya Mariyon Dyongoff oOʻzining oshxona kitobida Teodor Fontan soʻzlaridan iqtibos keltirib, shunday yozadi: „Mannali shoʻrva, issiq turar joy va ogʻriqning yoʻqligi — sen uchun koʻp hisoblanadi“[1]. Shoʻrva tayyorlash uchun qattiq bugʻdoy yormalari va yarimbutun yormalar mos keladi. Bu shoʻrvaga sabzavotlar ham qoʻshiladi.
Germaniyada goʻsht qaynatilgan shoʻrvada oʻsimlik yogʻida qovurilgan piyoz va sabzi solib pishirilgan „qovurilgan“ yormali shoʻrva tayyorlangan. Yakunda sariyogʻ va mayda toʻgʻralgan petrushka solinib dasturxonga tortilgan[2]. „Leopold“ retseptida mannali shoʻrvaga qalamcha shaklida kesilgan otquloq, kervel va salat bargi qoʻshiladi[3]. Avstriyada „sargʻish“ tusli mannali shoʻrva tayyorlanadi. Buning uchun manna yormasi sariyogʻda ozgina qovurilib, buzoq goʻshtidan tayyorlangan shoʻrvaga sepiladi va sabzavot solib qaynatiladi, soʻngra sariyogʻ, tuxum sarigʻi va undan aralashma tayyorlanib, aralashtiriladi hamda dasturxonga maydalangan petrushka sepib tortiladi[4][5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Die Welt: Dostatochno i polovini vsego(olm.)
- ↑ Herrmann, F. Jürgen: Lehrbuch für Köche. Handwerk und Technik, Hamburg 1999, ISBN 3-582-40055-7, S. 155—159, 383
- ↑ Philip Pauli: Classical Cooking The Modern Way: Methods and Techniques. John Wiley & Sons, 1999, ISBN 978-0-471-29187-9, S. 196
- ↑ Franz Maier-Bruck: Vom Essen auf dem Lande das große Buch der österreichischen Bauernküche und Hausmannskost. Unveränd. Neuauflage Auflage. K und S, Wien 1999, ISBN 3-218-00662-7, S. 13
- ↑ Franz Maier-Bruck: Das große Sacher Kochbuch. Wiener Verlag, 1975, S. 112
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Erhard Gorys. Grießsuppe // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 185. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Masaligʻ Tarkibi(olm.)