Kontent qismiga oʻtish

Mannon Uygʻur koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mannon Uygʻur koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Shayxontohur
Uchtepa
Uzunligi 7 km
Kim sharafiga nomlangan Mannon Uygʻur
Koʻchada joylashgan binolar 1-shahar kasalxonasi
shahar perinatal markazi
Shayx Zayniddin bobo maqbarasi
Abdulla Qahhor nomidagi madaniyat uyi

Mannon Uygʻur koʻchasi — Shayxontohur va Uchtepa tumanlarini birlashtirib turuvchi poytaxtning markaziy koʻchalaridan biri. Toshkent avtomobil halqa yoʻli va Laylitoʻgʻon koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 7 km atrofida. 1955-yil Oʻzbekiston xalq artisti Mannon Uygʻur nomi berilgan. Tarkibida tor koʻcha va 4 ta berk koʻcha bor[1].

Yoʻnalishida shaxsiy turar joy binolari, boshbekat, 1-shahar kasalxonasi, shahar perinatal markazi, oilaviy poliklinika, Shayx Zayniddin bobo maqbarasi, masjidi va qabristoni, Abdulla Qahhor nomidagi madaniyat uyi, Qurilish va kommunal xoʻjaligi kasb-hunar kolleji, „Koʻkcha Oqtepa“ bozori, savdo majmualari, „Islomobod“ va „Shofayzibogʻ“ mahalla guzari, yonilgʻi quyish shoxobchalari, dorixonalar, umumiy ovqatlanish, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Koʻcha boʻylab barcha turdagi jamoat transporti vositalari xarakati yoʻlga qoʻyilgan.

Mustaqillik davrida koʻcha tubdan taʼmirlanib, eniga kengaytirildi, asfalt qoplanib, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. 2003-yil 27-avgustda Mannon Uygʻur koʻchasi va Kichik halqa yoʻli kesishmasida eni 30 metr, uzunligi 75 metr boʻlgan yangi koʻprik foydalanishga topshirildi. A.Xoʻjaev, Oqsoy, Koʻkcha Darvoza, Nazarbek kabi koʻchalar va Kichik halqa yoʻli bilan tutashgan. Yaqinida Eskijoʻva bozori, "Jar" sport-sogʻlomlashtirish majmui, Suzukota maqbarasi joylashgan.

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.