Manot
Qiyofa
Manot (arabcha: مناة) qadimgi arab maʻbudasi; Nabateya, Suriya va Hijozda, ayniqsa, eʻzozlangan; taqdir va oʻlim maʻbudasi boʻlgan. Qora toshdan ishlangan sanami va sajdagohi Makkadan Yasribga boradigan yoʻldagi Qudaydada joylashgan. Yasribdagi Avs va Xazraj qabilalari Manotga ayniqsa qattiq topinganlar. Ular Makkadagi Kaʻba qatori Manotning sajdagohini ham ziyorat qilganlar. M. Arabistonning eng qad. maʻbudalaridan hisoblanib koʻpgina kishi nomlari tarkibiga ham qoʻshilgan. Makkada uchta maʻbuda (al-Lot va al- Uzza qatorida)dan biri sifatida topilgan. Qudaydadagi sajdagoh Muhammad (sav) topshiriqlariga koʻra 630-31 yilda buzib tashlangan.