Kontent qismiga oʻtish

Mansi Aggarval

Vikipediya, erkin ensiklopediya

 

Mansi Aggarval
Tugʻilgan sanasi va joyi
1984-yil 10-iyun, Dehli
Kasb-hunar Rejissor, yozuvchi, prodyuser va xoreograf
Yillar faol 2008 yildan-hozirgi kungacha
Turmush oʻrtogʻi(lar)i Arindam Bhattacharji
Veb-sayt https://www.mansiaggarwal.com/

Mansi Aggarval — hind kinoijodkori, yozuvchisi, prodyuseri va xoreografi boʻlib, u Hindiston kino sanoatida filmlar yozib, rejissorlik qilgan va qoʻshiqlar yaratgan[1][2]. U aktyor Emraan Xashmi bosh rolni ijro etgan Shanxay filmidagi „Bharat Mata ki Jai“ qo‘shig‘ini xoreografiya qilgani bilan tanilgan. Qo‘shiq Hindistonda juda mashhur bo‘lib, „xit“ darajasigacha koʻtarilgan[3]. U bir nechta mukofotga sazovor boʻlgan „Kai Po Che“ filmida Rajkumar Rao va Dev D.[4] filmida Abhay Deol kabi taniqli aktyorlar bilan ishlagan.

U aktyor Emraan Xashmi ishtirokidagi Shanxaylik „Bharat Mata ki Jai“ qo‘shig‘i uchun Filmfare mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan va qo‘shiq tomoshabinlar tomonidan sevilib, Hindistonda mashhur bo‘lgan. „Youngistaan“ filmidagi „Suno na Sangmarmar“ qoʻshigʻi ham Stardust va Filmfare mukofotlariga nomzod sifatida koʻrsatilgan[5].

U, shuningdek, Nykaa, Biba, Zandu Balm va boshqa yirik brendlar uchun reklama roliklarini xoreografiya qilgan. U haqidagi maqola eng yosh xoreograf sifatida taniqli „Femina“ jurnalida nashr etilgan[6][7]. 2018-yilda u yozuvchi-rejissor sifatida debyutini YouTubeʼdagi „Humara Movie“ kanalida boshlagan. „The Handbag“ nomli birinchi qisqa metrajli filmi bilan birinchi yozuvchi-rejissorlik faoliyatini boshlaydi[8]. U koʻp oʻtmay, oʻzining ikkinchi „Raani“ filmini ham tomoshabinlarga tatbiq etadi va bu film „Lift Off Global Networks“ (London) va „Darbhanga International Film Festival“ da namoyish etilgan. U „Golden Jury International Film Festival“ xalqaro kinofestivalining finaliga chiqadi va ayni paytda „Best Actor“ mukofotiga sazovor bo‘ladi. Raani filmi Disney Hotstar-da chiqadi va hozirda MX Player-da ham translatsiya qilinmoqda. „The Handbag“ va „Raani“ filmlari „Yin Yang Films“ shirkati ostida ishlab chiqarilgan[9][10][11][12].

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mansi 1984-yil 10-iyunda tugʻilgan va Dehlida oʻsgan. U yerda hind klassik raqsi Kathak boʻyicha ham mashq qila boshlagan. Uning Kathak mashgʻulotlarini atigi 7 yoshida boshlangan va keyinchalik raqs shaklida Visharad (bitiruvchi) boʻlgan. U Dehli universitetidagi Xansraj kollejida iqtisod bo‘yicha o‘qigan va o‘qishni tugatgandan so‘ng Dehlida o‘zining Mansi Dance Creations nomli raqs institutini ochgan[13].

Uning Bollivud filmlaridagi faoliyati Dehlidagi raqs spektaklida rejissor Anurag Kashyap bilan tanishganidan soʻng boshlangan. Anurag Mansiga tanqidchilarning olqishiga sazovor bo‘lgan „Gulaal“ filmining xoreografiyasini taklif qiladi. Biroq, film kechiktiriladi va Mansi oʻz eʼtiborini boshqa ishlariga qaratadi. Anurag unga ikkinchi marta bosh rol ijrochisi Abhay Deol boʻlgan Dev D. filmining xoreografiyasini qilish taklifini beradi[14].

Mansi kinematograf Arindam Bhattacharji bilan turmush qurgan[15].

Hindiston kino sanoatidagi xoreografiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mansi quyidagi Bollivud filmlarini xoreografiya qilgan[16]:

Yil Kino
2016 Vazandar
2015 Kaun Kitne Paani Mein[17]
2015 Nanak Shah Fakir
2014 Mary Kom[18]
2013 Youngistaan
2013 Mickey Virus
2013 Maazii
2013 Gippi
2013 Kai Po Che
2012 Shanghai
2009 Gulal
2009 Dev D

Filmografiyada rejissor, prodyuser va yozuvchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Kino
2018 The Handbag
2020 Raani
  1. The Handbag | Mansi Aggarwal | Director (inglizcha), qaraldi: 2022-03-14
  2. „Bollywood Director Mansi Aggarwal Biography, News, Photos, Videos“ (en). nettv4u. Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  3. „Dance is now a viable career option: Mansi Agarwal“. The Times of India (2012-yil 19-may).
  4. „'Bharat Mata Ki Jai' is impromptu and violent, says choreographer Mansi“. Yahoo News (2012-yil 5-iyun).
  5. „Bollywood Director Mansi Aggarwal Biography, News, Photos, Videos“ (en). nettv4u. Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  6. admin. „Mansi Aggarwal“ (en-US). Marathisanmaan (2017-yil 2-sentyabr). 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  7. „Bollywood Director Mansi Aggarwal Biography, News, Photos, Videos“ (en). nettv4u. Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  8. The Handbag | Short Film | Directed by Mansi Aggarwal (inglizcha), qaraldi: 2022-03-14
  9. „With Yin Yang Films (Sorted by Popularity Ascending)“. IMDb. Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  10. „MX Player“. www.mxplayer.in. Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  11. „Bollywood Director Mansi Aggarwal Biography, News, Photos, Videos“ (en). nettv4u. Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  12. Aggarwal, Mansi (2020-10-16), Raani - The Queen (Short, Drama), Sanmaya Production, Yin Yang Films, qaraldi: 2022-03-14
  13. „I re-invented myself for films’“. My Theatre Cafe (2013-yil 24-iyun). 2017-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  14. „I can make anybody dance“ (2012-yil 30-iyun).
  15. „Arindam Bhattacharjee“. IMDb. Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  16. „Mansi Aggarwal“. IMDb.
  17. Kaun Kitney Paani Mein (2015) - IMDb, qaraldi: 2022-09-04
  18. „Mansi Aggarwal“ (en). IMDb. Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.