Mansur (cholgʻu boʻlimi)
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mansur (arab. — sochilgan, tarqoq yaʼni nasr holida boʻlgan), chertim puli — Xorazm maqomlari cholgʻu boʻlimining nomi. Asosiy qismlari Tarje, Peshrav, Muhammas, Saqil, Ufar va boshqa oʻziga xos tomonlarni oʻz ichiga oladi. M.ning oxirida ufar qismlari boʻlishi bilan Buxoro Shashmaqomidan farq qiladi. Atoqli xonanda, sozanda va bastakorlaridan Niyozjonxoʻja (Saqili Niyoz-jonxoʻja), Muhammad Rahimxon soniy (Muhammasi jadidi Feruzi Rost va boshqalar), Komil Xorazmiy (Murabbai Komili Rost), Muhammad Rasul Mirzo (Murabbai Rosti Mirzo) va boshqa Xorazm maqomlarining M. qismlarini boyitishgan, Saqili Muxrkoni Rost, Musabbaʼi Rosti Mirzo kabi qismlarni ham kiritishgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |