Kontent qismiga oʻtish

Mansur Ibn Nuh I

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mansur Ibn Nuh I, Abu Solih (? -976) — somoniylarixm boʻlgan Xuroson va Movarounnahr hukmdori (961—976). As-Sadid ("dono", "tadbirkor") laqabi bilan mashhur boʻlgan. Davlatni mustahkamlash maqsadida bir qator tadbirlarni amalga oshirgan. Bu ishda unga vazirlari Balʼamiy va Utbiypar yordam bergan. Buvayhiplar, Ziyoriylar bilan kurash olib borgan. Buvayhiylar ustidan qozongan gʻalabasi uning shuhratini oshirgan. Uning topshirigʻiga koʻra, Balʼamiy Tabariyning "Tarix ul-anbiyo va-rrusul va-l-muluk va-l-xulafo" ("Paygʻambarlar, pod-shohlar va xalifalar tari-xi") nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan va boyitgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil