Kontent qismiga oʻtish

Mansur Saʼdullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mansur Muhammadjonovich Saʼdullayev (1931.14.1, Kogon shahri) — rejissyor, pedagog. Qoraqalpogʻiston (1981) va Oʻzbekiston xalq artisti (1985). Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1953—58), Moskva teatr institutini tugatgan (1967). Oʻzbek davlat estradasi uyushmasida sozanda (195455), Navoiy teatrida xonanda (1951—61), postanovkachirej. (1967—72).Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1964-yildan), opera tayyorgarligi kafedrasi mudiri (1972—85), professor (1985—96). Navoiy teatrida B. Zeydman ("Oʻn ikkinchi kecha", 1968), I. Hamroyev ("Oyjamol", 1969), S. Boboyev ("Yoriltosh", 1971), R. Hamroyev ("Tong oldidan", 1972) va boshqa Oʻzbekiston kompozitorlari operalarini sahnalashtirgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil