Mansur al-Iroqiy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mansur al-Iroqiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy yil (hijriy yil) |
Vafoti | milodiy 1058-yil (hijriy 450-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | qori |
(Abu Nasr) Mansur ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulloh al-Baxiliy al-Muqruʼ (hijriy taxminan 450-yil (milodiy 1058-yil)da vafot etgan) „al-Vaqf“ kitobining muallifi, „al-Iroqiy“ nisbasi bilan mashhur bo‘lgan. Uning al-Iroqiy deb atalishiga Iroqda uzoq yashab, unga ko‘p safar qilgani sabab bo‘lgan. Qurʼon qiroati talabida Iroq va Hijozga ko‘p borgan. Tajvidni egallagan taniqli qorilardan bo‘lgan. Ko‘p qori shayxlardan saboq olgan, ko‘pchiligi undan Qurʼoni karim qiroatini ham o‘rgangan. U Qurʼon ilmlari bo‘yicha bir nechta kitoblar ham tasnif qilgan. Uning bir asari Nasaf qiroatlari haqida. U juda go‘zal uslubda yaratilgan. Uning bu kitobiga ko‘plab viloyatlar haqidagi maʼlumotlarni kiritgan. Yetti mashhur qorilarni ham unda zikr qilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 103-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |