Muhriddin Mansurov
Muhriddin Mansurov | |
---|---|
Tavalludi |
6-avgust 1914-yil Namangan viloyati |
Vafoti |
7-yanvar 1988-yil Namagan shahri |
Kasbi | aktyor |
Muhriddin Mansurov (1914.6.8, Namangan viloyati — 1988.7.1, Namangan) — Oʻzbekiston xalq artisti (03.10.1957). 1942-yildan Namangan teatrida ishlagan. "Maysaraning ishi" spektaklidagi Choʻponali Mansurovning sahnadagi ilk obrazidir. Mansurov sanʼati milliy xususi-yatlarga boyligi va oʻziga xosligi bilan bir qatorda yorqin dramatik aktyor hamdir. Ijodiga dramatik va fojiaviy rollar yaqin boʻlib, asosan, qahramonona, jasoratlarga qodir, irodali mard kishilar obrazini yaratgan. Tabiatan kuchli, jarangdor (dramatik tenor) ovozga ega boʻlgan Mansurov, ayniqsa, musiqali spektakllarda katta muvaffaqiyat qozongan. Haydar (Komil Yashin; Toʻxtasin Jalilov, "Nurxon"), Tohir (Sobir Abdulla; Toʻxtasin Jalilov, "Tohir va Zuhra"), Majnun (Xurshid; Toʻxtasin Sodiqov, "Layli va Majnun"), Alpomish (Sobir Abdulla; Toʻxtasin Jalilov; Boris Nadejdin, "Alpomish"), Farhod (Komil Yashin; Yunus Rajabiy, "Farhod va Shirin"), Aziz, Gʻarib (A. Bobojon; Komiljon Otaniyozov, "Aziz va Sanam", "Oshiq Gʻarib"), Annadaba-bu ("Gang daryosining qizi"), Gloster, Gonzago ("Qirol Lir", "Hamlet"), Boytemir ("Sarvqomat dilbarim"), Shay-xulislom ("Ibn Sino") kabi oʻtkir dramatik rollari bilan shuhrat qozondi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |