Manzum
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Manzum (arab. — tuzilgan, terilgan yaʼni, nazm holiga keltirilgan), aytim yoʻli — Xorazm maqomlari ashula boʻlimining nomi. Har bir maqomda M. bir necha ashula qismlaridan iborat yirik turkumni tashkil etadi. Ularda tuzilishi birligi, vazn-usul va shak-llarning esa xilma-xilligi bilan taʼriflanadi. M.ning bosh shoʻʼbasi Shashmaqomdan farqli oʻlaroq bosh cholgʻu qismi kabi tani maqom deb ataladi. Asosiy qismlari — Talqin, Nasr, Tarona, Suvora, Naqsh, Faryod, Ufar va boshqa oʻziga xos ashula yoʻllarini oʻz ichiga oladi. Ular muayyan tartibda, asosan gʻazallarga bastalangani uchun M. deyiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |