Kontent qismiga oʻtish

Maqola strukturasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jurnalda chop etilgan yoki efirga uzatilgan yangilik matnlari maʼlumot kiritilish tartibini belgilaydigan maqola strukturasi boʻyicha tasniflanishi mumkin. Baʼzi yozuvchilar maqolalarni maʼlum strukturalarga koʻra shakllantirishni inkor etadilar, lekin maʼlumotlar ketma-ketligini tasvirlash uchun ulardan foydalanishlari mumkin. Boshqalar esa bu uslubni tan olgan holda, voqealar rivojini shakllantirishda undan foydalanadilar. Shunday boʻlsa-da, boshlanishida noshir koʻrsatmalariga asoslangan maʼlum bir strukturaga rioya qilish talab qilinishi mumkin[1].

Strukturalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Struktura turlariga quyidagilar kiradi:

"Teskari piramida"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teskari piramida strukturasi eng soʻnggi yoki eng muhim maʼlumotlardan biri bo'lib kelgan, soʻngra u koʻproq tavsif va tafsilotlar bilan taʼminlangan, ahamiyati kamroq boʻlgan voqealar bilan yakunlangan. Yangilik reportajlarida keng tarqalgan ushbu struktura tarafdorlari boshqa uslublarni eng muhim maʼlumotni aniqlashda chalgʻitadi, deb tanqid qilishlari mumkin bo'lgan, ammo boshqalar buni eng qiziqarli qismni boshdanoq maʼlum qiladigan zerikarli uslub sifatida tanqid qilishgan[2]. Ushbu struktura muharrir tomonidan qisqartirishga ruxsat etilganligi sababli mualliflar boshqa uslublarda boʻlgani kabi aniq tugallanmalar shakllantirishlari shart emas edi. Ammo hamma maqolalar ham piramida uslubining barcha elementlariga ega bo'lmagan edi[3].

"Hikoya"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hikoya strukturasi - bu hodisalarning toʻgʻridan-toʻgʻri, xronologik tavsifidir. Masalan qotilliklar toʻgʻrisidagi maqola dastlab qurbonning topilishi bilan boshlanib, gumon qilinuvchining qamoqqa olinishi yoki qatl etilishi bilan yakunlanishi mumkin bo'lgan[4].

"Qum soati"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qum soati strukturasi teskari piramida va hikoya strukturalarining birikmasi bo'lgan. Muallif xabarni asosiy tafsilotlardan (kim, nima, qachon va qayerda va nima uchun) boshlaydi va teskari piramida strukturasi tobora kamroq ahamiyatga ega boʻlgan tafsilotlarni qoʻshib borgan. Yakuniy xulosa chiqarilishidan oldin hikoya strukturasidan foydalangan holda nozik tafsilotlar va oqibatlarga qaratilganligi[5] aniq xabarlarga oʻtish talab qilingan[3]. Teskari piramida strukturasi singari u maqolani tugatmagan oʻquvchilarni kerakli maʼlumot bilan taʼminlaydigan va shu bilan birga oʻquvchilarni katta qiziqish bilan mutolaani davom ettirishga undagan[6]. Reportajlarda xabarning voqealar rivoji voqea joyidagi muxbir tomonidan taqdim qilinadi, boshi va oxiri esa studiyadagi boshlovchi tomonidan aytilgan. Oddiy hikoya qismi belgilangan muddatda xabar tayyorlaydigan muxbirlar uchun qulay hisoblangan[7].

"Yongʻoq grafigi"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqola oʻquvchi eʼtiborini jalb qilish maqsadida hazil tariqasi kirish qism bilan boshlanishi mumkin bo'lgan. Undan keyin butun voqeani umumlashtiradigan yongʻoq grafigi boʻlimi paydo bo'lgan. Soʻng asosiy boʻlimlar ushbu maʼlumotlarni batafsil ochib beradigan, foydali maʼlumot beradi yoki qarama-qarshi fikrlarni izohlaydi[6].

"Olmos"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olmos strukturasi hazil tariqasidagi kirish qism, yongʻoq grafigi va umumiy tafsilotlarning boyligi bilan yongʻoq grafigi strukturasiga oʻxshab ketadi, lekin keyinchalik mavzu doirasini asta-sekin toraytirib boradi va ularni hazil tariqasidagi kirish qism bilan uygʻunlashitradi. Xabarga individual shaxsning holatini aniqlashtiruvchi izlanish sifatida qarash mumkin[6][8]. Jurnalistika darslarida voqea toʻgʻrisidagi shaxsiy yondashuvlarda aynan ushbu strukturadan foydalanish talab qilinishi mumkin[9].

"Rojdestvo daraxti"[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Rojdestvo daraxti" strukturasida yakuniy xulosa berilishidan oldin matn kirish va bir qator ichki burilish nuqtalari yoki kutilmagan hodisalar bilan kengaytiriliadi. Masalan, mavzu (a) OIV bilan kasalligi, (b) mavjud dori-darmonlar taʼsiri, (c) eksperimental tadqiqot, (d) tadqiqot natijasi kabi maʼlumotlarni ochib berishi mumkin. Ushbu burilish nuqtalarining har biri voqea rivoji uchun asos boʻlib xizmat qiladi.[8]

"Organik"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu struktura Jon Franklin tomonidan yaratilgan „Vizual tasvirni jonlantiradi “, deya tasvirlangan.Vaqt kayfiyat mavzu va xarakterda oʻzgarib boruvchi voqealar rivoji oʻzaro bogʻlangan boʻlib uning, odatiy ketma-ketligi muammo rivoj va yechimdan iborat boʻlgan.

"Besh quti"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu struktura standart qolipga ega muayyan tasvir yoki tafsilot bilan oʻquvchi eʼtiborini tortgan kirish qism; umumiy tafsilot qolgan faktlarni kirituvchi ikkinchi boʻlim; ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻlgan tafsilotlar; va xotima (kuchli xulosani taʼminlaydigan kuchli tasvir, sharh yoki iqtibos)[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Naveed Saleh. The complete guide to article writing. F+W Media, 14 January 2014. ISBN 9781599637341. [sayt ishlamaydi] The relevant portion also appears as „Crafting a strong feature article“ in Writer’s Digest, November/December 2015.
  2. Debora Halpern Wenger. Advancing the story: journalism in a multimedia world. CQ Press, 6 August 2014. ISBN 9781483370460. 
  3. 3,0 3,1 „Telling the story“. U.S. Department of State Handbook of Independent Journalism (2008-yil 11-aprel).
  4. Naveed Saleh. The complete guide to article writing. F+W Media, 14 January 2014. ISBN 9781599637341. [sayt ishlamaydi] The relevant portion also appears as „Crafting a strong feature article“ in Writer’s Digest, November/December 2015.
  5. Naveed Saleh. The complete guide to article writing. F+W Media, 14 January 2014. ISBN 9781599637341. [sayt ishlamaydi] The relevant portion also appears as „Crafting a strong feature article“ in Writer’s Digest, November/December 2015.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Naveed Saleh. The complete guide to article writing. F+W Media, 14 January 2014. ISBN 9781599637341. [sayt ishlamaydi]Naveed Saleh (14 January 2014). The complete guide to article writing[sayt ishlamaydi]. F+W Media. ISBN 9781599637341. The relevant portion also appears as „Crafting a strong feature article“ in Writer’s Digest, November/December 2015.
  7. Debora Halpern Wenger. Advancing the story: journalism in a multimedia world. CQ Press, 6 August 2014. ISBN 9781483370460. 
  8. 8,0 8,1 Debora Halpern Wenger. Advancing the story: journalism in a multimedia world. CQ Press, 6 August 2014. ISBN 9781483370460. 
  9. „Journalism writing rubrics: opinion story rubric“. Plain Local Schools. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.