Kontent qismiga oʻtish

Maqsud Sharipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Maqsud Sharipov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Maqsud Xayritdinovich Sharipov
Tavallud sanasi 4-avgust 1940-yil (1940-08-04) (84 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 11-mart 1985-yil(1985-03-11)
(44 yoshda)
Vafot joyi Oʻzbekiston SSR
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1960—1968 Paxtakor 168 (1)
Boshqargan klublari
1969 Oq oltin
1971 Yangiyer (murabbiy)
1973 Andijanets (jamoa boshligʻi)
1974 Andijanets
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Maqsud Xayritdinovich Sharipov (1940-yil 4-avgustda tugʻilgan – 1985-yil 11-martda vafot etgan) – sovet va oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, faoliyat davomida asosan himnoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng Oʻzbekiston SSR jamoalarida murabbiylik qilgan.

Maqsud butun faoliyatini, 1960—1968-yillarda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻtkazgan. SSSR „A“ toifasidagi ligada 1960—1963, 1965—1968-yillarda 135 ta oʻyin oʻtkazgan.

Andijon viloyatining „Oq oltin“ klubida katta murabbiy (1969), Siradryoning „Yangiyer“ klubida yordamchi murabbiy (1971), jamoa rahbari (1973), „Andijanets“da bosh murabbiy vazifalarida ishladi[1].

1985-yil mart oyida 44 yoshida vafot etdi.

  1. „Профиль игрока“ (ru). footbook.ru. Сайт футбольной статистики. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.