Kontent qismiga oʻtish

Maqsud Yunusov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Maqsud Yunusov (1932-yil 9-sentabr Toshkent viloyati Qorasuv qishlogʻi 2020-yil 19-mart Toshkent) – rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982-yil), 1955-yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.

1956-yildan Oʻzbekiston televideniyesida. „Iltimos“, „Yubiley“, „Qishloq luqmonlari“, „Zoʻraki tabib“ kabi asarlar asosida yaratilgan televizion teatrlar uning dastlabki ijod namunalaridir. Yusov Mansurning 1960—1970-yillardagi faoliyati zamondosh yozuvchilarning asarlariga qaratildi: „Vafodor“, (V.Gʻofurov, 4 qismli), „Xorazm“ (J.Sharipov, 2 qismli), „Sabr kosasi“ (A.Udalov, 2 qismli), „Ota“ (H.Noʻʼmon, A.Shorahmedov, 6 qismli), „Oq kema“ (Ch. Aytmatov), „Oq qayin“ (A.Bubenov, 2 qismli) kabilar. Yunusov Oʻzbekiston televideniyesida videofilm janrining asoschilaridan biri. „Ulugʻbek xazinasi“ (5 qismli), „Diyonat“ (O.Yoqubov, 5 qismli), „Girdob“ (Oʻ.Usmonov, 5 qismli), „Navoiy“ (Oybek, 9 qismli), „Bobur“ (P.Qodirovning „Yulduzli tunlar“ asari asosida, 10 qismli), „Ichkuyov“ (T.Poʻlat, 4 qismli), „Layli va Majnun“ (A.Navoiy, 3 qismli), „Kecha va kunduz“ (Choʻlpon, 5 qismli), „Imom alBuxoriy“ (Xoja Sadriddin Salim Buxoriy), „Muhabbat qasri“ (N.Abdullayev, 4 qismli) „Ibn Sino haqida rivoyatlar“ (10 qismli), „Sportchi chollar“ (2 qismli) va boshqalar Yunusov teatr sahnasida ham spektakllar sahnalashtirgan: „Muhabbat qasri“ (Qoʻqon teatri), „Oltin devor“ (Pokiston teatrida) va boshqalar Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1987). 2002-yili „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan.