Kontent qismiga oʻtish

Maqsuda Ergasheva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Maqsuda Ergasheva — Oʻzbekistonlik ijodkor. 1951-yilning 17-fevralida Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi Oq bo‘yra qishlog‘ida tug‘ildi [1]. Marg‘ilon shahridagi pedagogika bilim yurtida (1966-1970), Farg‘ona Davlat pedagogika instituti filologiya fakultetida (1978-1983) tahsil olgan. „Diyorimga ko‘zing tegmasin“ va „Ko‘ngil kishilari“ asarlari muallifi [2].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oltiariq tumanidagi 19-o‘rta maktabda ona tili va adabiyoti fanidan oʻqituvchi (1970-1978; 1983-1994). Respublika yosh ijodkorlarining 2-seminari ishtirokchisi (1982).

"Bahorni axtarib" (1983), „Ezgu so‘z“ (1986), „Diyorimga ko‘zing tegmasin“ (2002), „Ko‘ngil kishilari“ (2006), „Alanga“ nomli romani vafotidan keyin „Sharq yulduzi“ jurnali (2014, 3-son)da chop etilgan [3].

  • „O‘zbegim“, „Bir go‘zal dunyo“ jamoaviy to‘plamlarda sheʼriy turkumlari bosilgan.

"Mehnat shuhrati" ordeni (1999) [4].


Maqsuda Ergasheva 2014-yilda vafot etgan [5].