Marțolea
Marțolea — Rumin mifologiyasida (ayniqsa Bukovina va Maramureș mintaqalarida)gi iblisga oʻxshash mavjudot. Mavjudotning jinsi aniq emas, chunki u oʻz xohishiga koʻra koʻrinishini oʻzgartirishi mumkin. U togʻlarda yashaydi va seshanba oqshomlari qo'shiq bilan oʻziga jalb qilish va ishlayotgan ayollarni jazolash uchun pastga tushadi[1].
Marț Sara (eski rumincha soʻzlarida "seshanba oqshom) deb ham ataladi. Seshanba kunini hurmat qilishni talab qiladigan va ayollarning toʻrtta xoʻjalik ishlari: jun yigirish, ekin ekish, kir yuvish va non pishirishni taqiqlovchi zararli maxluq. Marțolea butparast mavjudot deb qaraladi. Unga oʻxshash yana bir mavjudot bu Faun.
Marțoleaning turmushga chiqmagan ayollar uchun qoʻllaydigan jazolari juda dahshatli: boʻlaklab oʻldirish, ichak-chavoqni devor va idish-tovoq atrofida mixlarga osib qoʻyish. Turmushga chiqqan ayollar uchun jazo oʻz farzandini yoki uydan uzoqda boʻlgan erini oʻldirishga majburlashdir.
Odatda tashqi koʻrinishi odamga oʻxshash boshli, shoxlari va tuyoqlari boʻlgan echkidir. U butunlay qora kiyingan xunuk, keksa ayolga, askarga yoki kelishgan odamga aylanishi mumkin. Turmushga chiqqan ayollarga u keksa ayol sifatida, turmushga chiqqan erkaklarga bokira qiz sifatida, turmushga chiqmagan ayollarga esa yosh maftunkor yigit sifatida namoyon boʻladi.
Baʼzi hududlarda Joimâriţa deb nomlangan boshqa mavjudot bor, bu Rumincha payshanba soʻzining boshqa shakli. Biroq, bu mavjudot dangasa bolalarni jazolaydi.
Marțolea seshanba kunini muqaddas bilgan ayollarni tuxumlarni yoki Bukovinadagi eng baland togʻlardagi gullarni eshiklari oldiga qoldirish orqali taqdirlaydi. Mart oyining birinchi kechasida bahor bezaklari (Marțișor) kiygan ayollar Marțolea tomonidan kumush tanga bilan mukofotlanadi, bu pulni qizlar butun yil davomida saqlashlari kerak boʻladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Marțolea“. https://www.folk-metal.nl. Qaraldi: 2023-yil 21-mart.