Kontent qismiga oʻtish

Marсos Alonso Mendoza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marcos Alonso
Alonso with Chelsea in 2017
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marcos Alonso Mendoza[1]
Tavallud sanasi 28-dekabr 1990-yil (1990-12-28) (33 yosh)[2]
Tavallud joyi Madrid, Ispaniya
Boʻyi 1.88 m[3]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Celta
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Unión Adarve
Real Madrid

Markos Alonso Mendoza (ispancha: Marcos Alonso Mendoza) 1990-yil 28-dekabrda Ispaniya markazi Madridda tavallud topgan Markos Alonso ispaniyalik futbolchi boʻlib, „Barcelona“ klubi va Ispaniya terma jamoasining chap qanot himoyachisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Uchinchi avlod professional futbolchisi: ispaniyalik futbolchi Markitosning nabirasi va sobiq „Atletiko“ va „Barcelona“ oʻyinchisi Markos Alonso Penyaning oʻgʻli hisoblanadi[4]. Uchalasi ham jamoada toʻp surgan futbolchilar sanaladi. Markos Alonso 1999—2008-yillarda "Real Madrid" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2010-yilda u asosiy jamoada debyut qilgan, biroq katta raqobat tufayli klubni tark etishga majbur boʻlgan. U „Bolton Uonderers“, „Fiorentina“ va „Sanderlend“ kabi klublarda oʻynagan.

„Fiorentina“da oʻzini koʻrsatgach, "Chelsea" jamoasidan taklif olgan futbolchi, jamoa tarkibida Angliya chempioni va Angliya kubogi sohibiga aylangan.

Markos Alonso Madridda tugʻilgan hamda u bolaligidanoq futbolga qiziqqan. Uning bobosi Markitos ispan futboli afsonasi hisoblangan. Markitos Alfredo Di Stefano va Ferens Pushkash bilan birga toʻp surib, 5 marta yevrokuboklarni yutgan. Otasi – Markos Alonso Peña – "Atletiko" va "Barcelona" jamoalarida oʻynagan[5][6]. Alonsoning onasi yahudiy millatiga mansub boʻlgan va futbolchining ismini uning onasi qoʻygan. Bolaligidan u „Atletiko Madrid“ga muxlislik qilgan va klub hatto unga akademiyadan joy ham taklif qilgan. Ammo mashgʻulot maydoni uydan juda uzoqda boʻlgani uchun bolani „Real Madrid“ akademiyasiga yuborishga qaror qilishgan[7].

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U „Real Madrid“ akademiyasida 9 yil oʻtkazgach, keyin yana ikki yil „Real Madrid B“ tarkibida oʻynagan. 2009/10-yilgi mavsum davom etar ekan, asosiy jamoa menejeri Manuel Pellegrini uni mashgʻulotlarga jalb qila boshlagan va uni La Liga oʻyinlari uchun arizalarga kirita boshladi. Biroq chempionatdagi ogʻir kurash tufayli Alonso oʻz imkoniyatini faqat aprel oyida qoʻlga kiritgan va u „Rasing“ jamoasiga qarshi oʻyinda bir necha daqiqaga Gonsalo Iguainni almashtirgan[8]. Bu uning Santyago Bernabeudagi ilk amaliyoti boʻlgan.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida 3 ta oʻyin oʻtkazgan. "Real Madrid"ni tark etgach, u „Qizil furiya“ murabbiylar shtabining nazaridan chetda qolgan.

2018-yilning 27-mart kuni u Ispaniya terma jamoasi safida Argentinaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan va oʻyin tugashiga 11 daqiqa qolganida Xordi Alba oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. Shu tariqa, Alonso oilasi Ispaniyada birinchi boʻlib uch avlod vakillari Ispaniya terma jamoasida oʻynagan. Murabbiy Xulen Lopetegi Ispaniya terma jamoasining JCh-2018 uchun terma jamoasiga kiritmagan edi.

2022-yil 12-iyun holatida:

Terma jamoadagi yillar boʻyicha ishtiroki va gollari
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gol
Ispaniya 2018 3 0
2021 2 0
2022 4 0
Jami 9 0


  1. „Squad List: FIFA Club World Cup UAE 2021: Chelsea FC“. FIFA (2022-yil 9-fevral). Qaraldi: 2022-yil 24-aprel.
  2. „Marcos Alonso“. Chelsea F.C.. 2022-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Marcos A. | 2022/2023 player page | Defensa | FC Barcelona Official website“ (en). www.fcbarcelona.com. Qaraldi: 2022-yil 26-dekabr.
  4. „Маркос Алонсо - альтернатива Марсело“. 2017-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-avgust.
  5. „Marcos Alonso: "Mi sueño es dar el salto al primer equipo del Real Madrid"“ (es). Fútbol de Cantabria (8-sentabr 2009-yil). 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2010-yil.
  6. McTear, Euan. „The three generations of Marcos Alonsos who have played at Wembley“. The Guardian (8-yanvar 2019-yil). 2021-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
  7. "Doma govorim o „Chelsi“, chtobi ne ssoritsya. A seme Markosa Alonso slishkom mnogo „Reala“ I „Barsi“
  8. „Ronaldo and Higuain on target“. ESPN Soccernet (4-aprel 2010-yil). 2012-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-sentabr 2011-yil.