Kontent qismiga oʻtish

Marat Omarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marat Omarov
qozoqcha: Марат Талғатұлы Омаров
 Qozogʻiston futbol federatsiyasi prezidenti
Mansab davri
2024-yil 20-dekabrdan
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Adilet Barmenkulov
 Qozogʻiston Respublikasi Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligining raisi
 
Mansab davri
2022-yil 16-avgustdan
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Serik Jumanğarin
 Qozogʻiston Respublikasi Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi raisining o‘rinbosari
 
Mansab davri
2020-yil 21-oktyabrdan – 2022-yil 24-fevralgacha
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-sentyabr 1988-yil (1988-09-20) (36 yosh)
Semey, Qozogʻiston SSR, SSSR
Taʼlim Birlashgan Qirollikning York universiteti (2010)
London iqtisodiyot va siyosat maktabi (2011)

Marat Talgat oʻgʻli Omarov (qozoqcha: Марат Талғатұлы Омаров; 1988-yil 20-sentyabr kuni, Semeyda tugʻilgan) – Qozogʻiston Respublikasi Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi raisi va Qozogʻiston futbol federatsiyasi prezidenti.

2010-yilda „Bolashak“ dasturi boʻyicha Britaniyaning York universitetini, 2011-yilda esa London iqtisodiyot va siyosatshunoslik maktabini (LSE) tamomlagan. „Ijtimoiy fanlar magistri“ mutaxassisligini olgan.

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012—2014-yillarda – Qozogʻiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirining maslahatchisi (keyinchalik – Iqtisodiyot va byudjetni rejalashtirish, xalq xoʻjaligi).

2014—2016-yillarda – Qozogʻiston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligi Tarif va institutsional siyosatni shakllantirish departamentida direktor oʻrinbosari.

2016—2017-yillarda – „Qozoqtelekom“ AK boshqaruvchi direktori.

2017—2019-yillarda – „Texnologik rivojlanish milliy agentligi“ AJ boshqaruvi raisi, oʻzgartirilgandan soʻng – „QazTech Ventures“ AJ („Bayterek“ NBH AJ tarkibiga kiritilgan) boshqaruvi raisi.

2019—2020-yillarda – „Bayterek“ xoldingining boshqaruvchi direktori – boshqaruv aʼzosi.

2020-yildan – Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi raisi oʻrinbosari.

2022-yil 16-avgustda Qozogʻiston Respublikasi Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi raisi etib tayinlangan[1].

2024-yil 20-dekabrdan Qozogʻiston futbol federatsiyasiga prezident sifatida saylangan[2].