Kontent qismiga oʻtish

Marcel Desailly

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marcel Desailly
Desailly 2024-yil Laureus World Sports Awards marosimida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marcel Desailly[1]
Tavallud sanasi 7-sentyabr 1968-yil (1968-09-07) (55 yosh)[2]
Tavallud joyi Accra, Ghana
Boʻyi 1.85 m[3]
Ampluasi Markaziy himoyachi, tayanch yarim himoyachisi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986–1992 Nantes 162 (5)
1992–1993 Marseille 47 (1)
1993–1998 AC Milan 137 (5)
1998–2004 Chelsea 158 (6)
2004–2005 Al-Gharafa 28 (6)
2005–2006 Qatar SC 7 (0)
Milliy terma jamoa
1993–2004 Fransiya 116 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Marcel Desailly (7-sentyabr 1968-yil) – fransiyalik sobiq professional futbolchi, barcha davrlarning eng yaxshi markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi[4]. 1986-yildan 2006-yilgacha faoliyatini davom ettirgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marcel Desailly 7-sentabr 1968-yilda Akra shahrida Ganaliklar oilasida tavallud topgan. Oilasi Desailly toʻrt yoshida Fransiyaga koʻchib oʻtdi. Seth Adonkor isimli ganalik futbolchiga havas qilgan holda u Nantes karyerasini boshladi. U yerda dastlab yoshlar jamoasida toʻp tepadi. Marcel yoshlik davrida Didier Deschamps bilan birga oʻynadi, ular yaqin doʻstga aylanishadi. Desailly 1986-yilda, ukasi avtohalokatda vafot etganidan ikki yil oʻtgach professional faoliyatini boshlaydi. 1992-yilda Marseille klubiga koʻchib oʻtadi, u yerda doʻsti Deschamps bilan yana birga oʻynaydi va birgalikda UEFA chempionlar ligasi gʻolibiga aylanishadi. 1994-yilda AC Milan tarkibiga qoʻshilgan Marcel yana bir marotaba ushbu kubokda gʻalaba qilgan holatda ketma-ket mavsumda turli klublar safida chempion boʻlgan ilk futbolchiga aylanadi. Milan safida u 1994 va 1996-yillarda ikki marta Italiya A-Seriasi titulini qoʻlga kiritdi. Garchi u Fransiyada vaqti markaziy himoyada oʻynashni avzal koʻrgan boʻlsada, Milan tarkibida Demetrio Albertini bilan birga tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasida toʻp suradi, chunki klubda Franko Baresi, Alessandro Costacurta va Filippo Galli kabi boshqa bir nechta jahon darajasidagi markaziy himoyachilar mavjud edi[5].

Keyinchalik 1998-yilda Desailly 4,6 million funt sterling evaziga ingliz klubi Chelseaga oʻtdi[6]. U Londonliklar sardoriga aylanadi, 2003-04-yilgi mavsum oxirigacha markaz himoyachi boʻlib toʻp suradi. Chelseada Desailly Frank Leboeuf bilan ajoyib juftlik hosil qiladi.

U Chelsea bilan oʻtgan olti mavsumida bitta katta trofeyni qoʻlga kiritdi. U 2000-yilgi mavsumda finalda Aston Villani magʻlub etgan holda Angliya kubogining sohibiga aylanadi[7].

Desailly 2004-yilda Qatarning Al-Gharafa jamoasi safiga qoʻshiladi. U klub sardori etib tayinlandi va 2005-yilda fransuz murabbiyi Bruno Metsu qoʻl ostida ular Qatar Yulduzlar ligasida zafar quchishadi. Keyinchalik u Qatar S. C.ga qoʻshiladi va ushbu jamoada faoliyatini yakunlaydi.

2014 yilda Desailly Malayziya Futbol assotsiatsiyasi bilan uchrashadi va u Malayziya milliy jamoasini boshqarishga tayyor ekanligin maʼlum qiladi[8]. U ushbu lavozimga tayinlanish tayinlanmasligi masalasini futbol assotsatsiyasi hal qilishini taʼkidlaydi[9].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1993-yilda terma jamoa safidagi debyutini oʻtkazgan, faqatgina 1996-yilga kelib jamoaning asosiy tarkib oʻyinchisiga aylanadi.

U 1998-yilgi FIFA Jahon chempionatida Fransiya gʻalaba qozonishida sezilarli hissa qoʻshgan, ammo final oʻyinida chetlatiladi. Boshqa jamoadoshlari singari u 1998-yilda Faxriy legion ordeni bilan mukofotlanadi.

Ikki yildan soʻng Fransiya 2000-yilgi Yevropa chempionatida ham ular zafar quchadi. Turnirdan soʻng Didier Deschamps faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgach Desailly milliy jamoada sardor etib tayinlandi. Uning boshchiligidagi jamoa 2001-yilda Konfederatsiyalar kubogida gʻalaba qozondi.

2003-yil aprel oyida Desailly Fransiya tarkibida oʻyinlar soni boʻyicha rekordni oʻrnatadi, keyinchalik uning jami oʻyinlari soni 116tagacha yetib, u 2004-yilgi Yevropa chempionatidan keyin terma jamoadan isteʼfoga chiqqanini maʼlum qiladi. Biroq, bu rekord 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati paytida Lilian Thuram tomonidan yangilanadi.

Avtobiografik asari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Desaillyning avtobiografiyasi „Capitaine“ 2002-yilda Fransiyada Stock nashri tomonidan nashr etilgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Desailly Ga etnic groupning aʼzosi hisoblanadi. U Virginie Desailly bilan turmush qurgan va toʻrtta farzandi bor. Uning jiyani Jeyms Edvard Adams yarim professional futbolchi boʻlib faoliyat olib bormoqda[10].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinish va gollar[11][12][13][14][15]
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Nantes 1986–87 Liga 1 13 0 16 0
1987–88 Liga 1 11 0 12 0
1988–89 Liga 1 36 1 40 1
1989–90 Liga 1 36 1 39 1
1990–91 Liga 1 34 1 38 1
1991–92 Liga 1 32 2 33 2
Umumiy 162 5 178 5
Marseille 1992–93 Liga 1 31 1 44 2
1993–94 Liga 1 16 0 16 0
Umumiy 47 1 60 2
AC Milan 1993–94 Serie A 21 1 31 3
1994–95 Serie A 22 1 36 1
1995–96 Serie A 32 2 40 2
1996–97 Serie A 29 1 38 1
1997–98 Serie A 33 0 41 0
Umumiy 137 5 186 7
Chelsea 1998–99 Premyer Liga 31 0 45 1
1999–2000 Premyer Liga 23 1 43 1
2000–01 Premyer Liga 34 2 39 2
2001–02 Premyer Liga 24 1 37 1
2002–03 Premyer Liga 31 2 33 2
2003–04 Premyer Liga 15 0 25 0
Umumiy 158 6 222 7
Al-Gharafa 2004–05 Qatar Yulduzlar ligasi 28 6 28 6
Qatar SC 2005–06 Qatar Yulduzlar ligasi 7 0 7 0
Umumiy statistika 539 23 681 27

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya terma jamoasidagi statistikasi [16]
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Fransiya 1993 4 0
1994 7 0
1995 7 1
1996 12 0
1997 7 0
1998 13 1
1999 11 0
2000 16 0
2001 12 1
2002 13 0
2003 9 0
2004 5 0
Umumiy 116 3

Sovrinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marseille[17]

AC Milan[18][19]

Chelsea[20]

  • Angliya kubogi: 1999-2000 yillar
  • FA Charity Shield: 2000-yil
  • UEFA Superkubogi: 1998

Al-Gharafa[21]

Fransiya[22]

Ordenlari

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Décret du 24 juillet 1998 portant nomination à titre exceptionnel" (fr). Official Journal of the French Republic 1998 (170). 25 July 1998. PREX9801916D. https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000000374701. Qaraldi: 2 January 2021. Marcel Desailly]]
  2. Andoza:Hugman
  3. „Marcel Desailly: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 26-dekabr.
  4. „Ranked! The 101 greatest football players of the last 25 years: full list“. FourFourTwo (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  5. „The five players Fabio Capello made superstars“. The Daily Telegraph (2007-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 16-dekabr.
  6. „Desailly plans to join Lazio next summer“.
  7. „Chelsea claim FA Cup glory“. BBC News (2000-yil 20-may).
  8. „Desailly eager to coach Malaysia“. The Star (2014-yil 26-fevral). Qaraldi: 2014-yil 27-fevral.
  9. „Desailly Ready To Take Up Job of National Coach in Malaysia“. Bernama (2014-yil 26-fevral). 2014-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-fevral.
  10. „Boca Gibraltar sign James Edouard Adams – Lizzy Sports Complex“. lizzysportscomplex.com (2018-yil 9-fevral). Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
  11. „Desailly career stats“. Football Database.eu. Qaraldi: 2012-yil 13-iyul.
  12. „Desailly Chelsea stats“. Bounder.Friardale.co.uk. Qaraldi: 2012-yil 13-iyul.
  13. „Marcel Desailly – Matches in European Cups“. RSSSF. Qaraldi: 2013-yil 17-aprel.
  14. „Desailly“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2013-yil 25-yanvar.
  15. „Desailly Qatar league stats“. RSSSF. Qaraldi: 2013-yil 25-yanvar.
  16. „Marcel Desailly – Century of International Appearances“.
  17. „Marcel Desailly“. Eurosport.com. Qaraldi: 2015-yil 31-dekabr.
  18. „Marcel Desailly“. Eurosport.com. Qaraldi: 2015-yil 31-dekabr.„Marcel Desailly“.
  19. „A.C. Milan Hall of Fame: Marcel Desailly“. acmilan.com. Qaraldi: 2015-yil 1-aprel.
  20. „M. Desailly“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 31-dekabr.
  21. „Qatar - List of Champions“.
  22. „M. Desailly“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 31-dekabr.„M. Desailly“.