Kontent qismiga oʻtish

Margarin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Margarin (frans. margarine) — oʻsimlik moyi va hayvon yogʻiga sut, qand, tuz, vitaminlar, boʻyovchi hamda xushbuy moddalar qoʻshib tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsuloti. Fizik xossalari, kimyoviy tarkibi, taʼmi va toʻyimliligi jihatdan sariyogʻga yaqin. Margarinning qaymoqli (oshxona) navi tarkibida 15,7% suv, 82,0% yogʻ, 0,5% oqsil va 0,4% uglevod bor. 100 g mahsulot 766 kkal beradi.

S utl i Margarin— yogʻning sut bilan emulsiyali (qaymoqli, oshxona, ekstra, limonli va boshqalar). Pazandalik Margarin — usimlik moyi bilan hayvon yogʻi aralashmasi (margaguselin, pazandalik yogʻi va boshqalar); sut qushib yoki qoʻshmay tayyorlanadi. Oziq-ovqat sanoatida va pazandachilikda ishlatiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil