Margarita kirpioʻti
Margarita kirpio‘ti | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Kirpio‘t |
Oila: | Karmakdoshlar |
Binar nomi | |
Acantholimon margaritae |
Margarita kirpioʻti (lotincha: Acantholimon margaritae) – ikki urugʻpallalilar sinfi, karmakdoshlar oilasi kirpioʻt turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Qurama togʻ tizmasi, Ohangaron daryosi vodiysida tarqalgan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Diametri 20-50 sm gacha yetadigan yostiqcha hosil qilib oʻsadigan, koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Hayotiy shakli buta. Yer ustki qismi yarimsharsimon gʻovak yostiqcha hosil qiladi. Poyasi qisqa, atrofga qarab tarvaqaylab oʻsadi. Barglari yashil, oddiy, bandli, tekis, silliq, uzun bigizsimon, uzunligi 2-4 sm, eni 1-2 mm. Gulpoyasining uzunligi, oʻn oʻn besh sm. To‘pguli boshoqcha shaklida. Gullari ikki jinsli, gulqoʻrgʻon aʼzolari qoʻshilmagan, erkin. Boshqacha yakka yakka joylashgan gullardan iborat. Gultojibarglari pushti yoki och qizil tusda. Gulkosachabarglari yashil, qirmizi tusda. Iyul avgust oylarida gullab mevasi sentabr oktabr oylarida pishib yetiladi. Urug‘i orqali koʻpayadi. Botanika bogʻida oʻstirilgan namunalari 15 yilgacha umr koʻrgan.
Yil bo‘yi yashil holatda saqlanib turishi mumkin.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda kam uchraydi. Toshkent viloyati Qurama togʻ tizmasi, Ohangaron daryosi vodiysida tarqalgan. Togʻlarning oʻrta qismidagi, archazorlarda, butazorlarda, qoyalarda, toshli yonbagʻirlarda oʻsadi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻida 1963-yilda ekib oʻstirib kelinmoqda. Unib chiqganining ikkinchi yilida urugʻ beradi. Sakkiz toʻqqiz yildan keyin quriy boshlaydi, oʻn besh yildan soʻng butunlay qurib ketadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Acantholimon margaritae“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.