Kontent qismiga oʻtish

Margate

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Margate — Angliya janubi-sharqida joylashgan Kentning shimoliy qirgʻogʻidagi, dengiz boʻyi shahri. Shaharning uzunligi 1,5 milya, Canterburydan 16 milya (26 km) shimoli-sharqda joylashgan va Cliftonville, Garlinge, Palm Bay va Westbrookni oʻz ichiga oladi.

Shahar oʻrta asrlardan buyon muhim dengiz porti boʻlgan va 15-asrda Cinque portlarining bir qismi sifatida Dover shahri bilan bogʻlangan. Bu 18-asrda Temza orqali oson kirish va keyinchalik temir yoʻllarning kelishi tufayli, dam oluvchilar orasida mashhur joyga aylangan. 20-asrning oxirlarida shahar Britaniyaning boshqa dengiz sohilidagi kurortlari qatori tanazzulga yuz tutdi, ammo iqtisodiyotni jonlantirishga urinishlar amalga oshirilmoqda.

1897-yilda Margate Harborning fotoxrom nashri

Margate 1086-yildagi Domesday kitobida Thanet va Kent grafligida joylashganligi haqida yozilgan.

Margate 1264-yilda „Meregate“ va 1299-yilda „Margate“ sifatida qayd etilgan, ammo imlo hozirgi zamonga qadar oʻzgarib turardi.

Margate oʻz nomini qanday olganligi nomaʼlum, ammo taxminlarga koʻra, nom Margate jangidan olingan deb aytiladi. Bu jang 1387-yil 24-martda boshlangan, ushbu urush Yuz yillik urushning Karolin urushi bosqichidagi soʻnggi yirik dengiz jangi edi. Jang Margate nomi bilan atalgan, chunki bu yerda Margate ismli shaxs Roadsteadda langar tashlagan 51 kemadan iborat ingliz floti Franko — Kastiliya — Flamand vino flotini birinchilardan boʻlib koʻrgan. Inglizlar tomonidan boshqariladigan vino flotini taʼqib qilishgan va nihoyat, bir kun oʻtgach, 1387-yil 25-martda Kadzand, Zelandiya, Niderlandiya qirgʻoqlarida flotni magʻlub etishgan.

Shahar tarixi dengiz bilan chambarchas bogʻliq va u magʻrur dengizchilik anʼanalariga ega. Margate Cinque portlarining qadimiy konfederasiyasida Doverning „aʼzosi“ ekanligi yozilgan. 15-asrda konfederasiyaga qoʻshilgan. Margate kamida 250 yil davomida dengiz boʻyidagi yetakchi kurortlardan biri boʻlib kelgan. Qoʻshnisi Ramsgeyt singari, u ham qumli plyajlariga jalb qilingan londonliklar orasida anʼanaviy dam olish maskani boʻlgan[1].

Brighton va Southland singari, Margate ham 1960-yillarda gangster jamoalari modlar va rokerlar, 1980-yillarda modlar va skinxedlar oʻrtasidagi jamoaviy zoʻravonlik faoliyati bilan mashhur edi[2].

Turner zamonaviy sanʼat galereyasi port yonida qurilgan boʻlib, shahar turizmini rivojlantirishda muhim oʻrin egallaydi. U shaharnining madaniy holatini yaxshilash uchun qurilgan[3]. 2010-yilda tugallangan Thanet Offshore Wind loyihasi inshootlari dengiz qirgʻogʻidan koʻrinib turadi[4].

Margate soat minorasi va dengiz yaqinidagi binolar
  1. „National Piers Society (retrieved 6 January 2011). 2011-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-yanvar.
  2. There is an unflattering portrait of skinheads and a Cockneyfied Margate in Paul Theroux, The Kingdom by the Sea, 1983:24-26.
  3. „Turner Contemporary: Did art transform 'no-go zone' Margate?“. BBC News (2019-yil 4-oktyabr). 2019-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  4. Thanet Offshore Transmission Assets (Report). Office of Gas and Electricity Markets. July 2009. Archived from the original on 27 October 2020. https://web.archive.org/web/20201027062109/https://www.ofgem.gov.uk/ofgem-publications/50832/thanet-project-specific-preliminary-information-memorandum-pim.pdf. Qaraldi: 7 September 2020.