Kontent qismiga oʻtish

Maria Kapovilla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maria Capovilladan yoʻnaltirildi)

Maria Kapovilla Gualyakilda polkovnik oilasida tugʻilgan va yuqori sinf elitasi orasida hayot kechirgan, ijtimoiy va sanʼat darslarida faol boʻlgan. U hayoti davomida hech qachon chekmagan va meʼyoridan ortiq spirtli ichimliklar ichmagan[1].

1917-yilda u avstriyalik harbiy ofitser va dengizchi Antonio Kapovillaga (1864-1949) turmushga chiqqan. Etnik kelib chiqishi italyan boʻlgan Antonio Avstriya-Vengriyaning Pola shahrida (hozirgi Pula, Xorvatiya) tugʻilgan. Antonio 1894-yilda Chiliga, 1910-yilda esa Ekvadorga koʻchib oʻtgan. Birinchi xotini vafot etgandan soʻng, u 1949-yildan vafot etgunga qadar Maria bilan hayot kechirgan. Ularning besh farzand boʻlib, ulardan uchtasi Marianing vafot etguniga qadar hayot edilar. Hilda (81 yosh), Irma (79 yosh) va oʻgʻli Anibal (77 yosh). Uning oʻn ikki nevarasi, yigirma nafar evarasi va ikki chevarasi ham bor edi[2].

100 yoshida Kapovilla vafot etish darajasigacha borib qoldi. Sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar to oʻsha paytgacha boʻlmagan. 2005-yil dekabr, 116 yoshida, Maria oʻz yoshi bilan teng insonlarga qarraganda sogʻligʻi ancha yaxshi boʻlgan va televizorni bemalol koʻra olgan, gazeta ham oʻqib, hassasiz yura olgan(garchi unga yordamchi yordam bergan boʻlsa ham). Kapovilla vafotidan ikki yil oldin uyini tark etmagan va u uyini katta qizi Hilda va kuyovi bilan boʻlib, birga hayot kechirishgan. Ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida Kapovilla, bugungi kunda ayollarga adolatsizlik qilinayotgani va bundan noroziligini aytib oʻtgan.

2006-yil mart oyida Kapovillaning sogʻligʻi yomonlashadi hatto gazetani ham oʻqiy olmaydi. U deyarli gapirish qobilyatini yoʻqotib, yurolmay qoladi, faqat ikki kishi yordamidagina yura olardi. Shunday boʻlsa-da, Kapovilla stulda oʻtirib, oʻzini-oʻzi yelpigʻich bilan sovuta olgan va 2006-yil avgust oyining soʻnggi haftasida, 117 yoshini nishonlashiga 18 kun qolganida, pnevmoniya xurujidan vafot etguniga qadar yaxshi ahvolda boʻlgan[3].

Kapovillaning rekordlari Ginnesga 2005-yil 27-avgustda, uning oʻlimidan roppa-rosa bir yil oldin taqdim etilgan va Ginnes dunyosi tomonidan dunyoning eng keksa odami deb topilgan. 2005-yil 9-dekabrdagi rekordlar, shu tariqa niderlandiyalik Hendrikje van Andel-Schipperning oʻrnini egallab, dunyodagi eng keksa odam mavqeyini olgan[4]. Kapovilla Ginnesning veb-saytiga 2006-yil 12-aprelda qoʻshilgan[5].

116 yosh 347 kunligida vafot etganida, Kapovilla dastlab yashagan toʻrtinchi eng keksa odam deb hisoblanib kelingan. Biroq 2023-yil 29-aprelda 117 yoshli Delfiya Uelfordning tasdiqlanishi tufayli u beshinchi eng keksa odam boʻldi. Kapovilla Braziliyalik Francisca Celsa dos Santos 2021-yil 4-oktabrda uning yoshidan oshib, ertasi kuni vafot etguniga qadar Janubiy Amerikada eng keksa odam siatida tasdiqlangan. Maria Kapovilla, shuningdek, 1880-yillarda tugʻilganligi aniq boʻlgan oxirgi tirik odam edi.

2006-yil 27-avgustda vafotidan keyin dunyodagi eng keksa odam Elizabet Bolden edi. Bolden ikki marta dunyodagi eng keksa odam sifatida tasdiqlangan Kapovilladan keyingi ikkinchi odam boʻlgan.

  1. Hooton, Christopher. (2015). „How to live to be really old“ (Wayback Machine saytida 18 October 2021 sanasida arxivlangan). The Independent. Retrieved 18 October 2021.
  2. „116-Year-Old Ecuadorean Woman is Oldest Living Person“. Fox News. Associated Press (2005-yil 16-dekabr). 2013-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  3. BBC. „World's oldest person dies at 116“ (2006-yil 28-avgust). 2012-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-mart.
  4. Maier, Heiner. Supercentenarians. Springer, 2010 — 256-bet. ISBN 978-3-642-11519-6. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.  (pdf (Wayback Machine saytida 3 March 2016 sanasida arxivlangan))
  5. Morales, Alex. „Ecuadorian Usurps Tennessean as World's Oldest Person (Update2)“. Bloomberg L.P. (2005-yil 14-dekabr). 2015-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.