Kontent qismiga oʻtish

Marisa Mell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marisa Mell
Tavalludi
Marlies Theres Moitzi

24-fevral 1939-yil
Vafoti 16-may 1992-yil(1992-05-16)
(53 yoshda)
Vena, Avstriya
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya
Kasbi aktrisa
Turmush oʻrtogʻi Henri Tucci

Marisa Mell (haqiqiy ismi Marlies Theres Moitzi) (24-fevral 1939-yil, Grats — 16-may 1992-yil, Vena) — avstriyalik aktrisa. Femme fatale rollarini oʻygan[1].

Raffaella Carrà va Marisa Mell (1972)

Marisa Mell Gratsda tugʻilib oʻsgan, bu yerda aktyorlik maktabida tahsil olgan. Keyin Marisa Venadagi Maks-Reynxardt seminariyasida tahsil oladi[1]. Uni tugashidan oldin oʻziga Marisa Mell ismini oladi, sababi bu ismning eshitilishini yanada yoqimli va esda qolarli deb hisoblagan.

Shu bilan birga, shveytsariyalik Henri Tucciga turmushga chiqadi. Toʻrt yildan keyin ular ajralishadi.

1963-yilda Ken RussellningFrench Dressing“ filmida bosh rolni oʻynashi unga mashhurlik keltiradi.

Oʻsha yili avtohalokatda Marisa yuzini shikastlaydi. Shundan soʻng ikki yil davomida bir nechta plastik operatsiyalarni oʻtkazishga majbur boʻlgan[1].

1968-yilda David Merrick va Vincente Minnelli tomonidan suratga olinga „Mata Hari“ nomli Gollivud myuziklida bosh rolni oʻynaydi[2] . Biroq, film dastlabki premyerada muvaffaqiyatsiz deb topilib, katta ekranlarga chiqarilmaydi.

Shundan keyin Mell Rimga boradi va bu yerda Marcello Mastroianni va Antonio Sabato ishtirokidagi filmlarda kichik rollarni oʻynaydi[3]. 1971-yilda Marisa Edgar WallaceningDas Rätsel des silbernen Halbmonds“ romanlari asosida suratga olingan soʻnggi filmida rol oʻynaydi va bu film kam muvaffaqiyatga erishadi.

Marisaning yagona roli „femme fatale“ boʻlganligi sababli yoshi oshgani sari kamroq rollarga taklif qilina boshlangan. Moliyaviy ahvoli yomonlashshi sababli Venaga qaytishga majbur boʻladi, 1992-yilda 53 yoshida qiziloʻngach saratonidan vafot etadi.

Marisaning ishtirokidagi filmlar sovet va rus kinoprokatida chiqarilmagan.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Venusberg (1963),
  • French Dressing (1964),
  • Masquerade (1965),
  • Casanova 70 (1965),
  • Secret Agent Super Dragon (1966),
  • Anyone Can Play (1968),
  • Marta (1971),
  • Ben and Charlie (1972),
  • Seven Blood-Stained Orchids (1972),
  • Gang War in Milan (1973),
  • Mahongy (1975),
  • Casanova & Co. (1977),
  • Mad Dog Killer (1977).

2000-yilda Venaning Liesing tumanidagi Marisa-Mell-Gasse koʻchasi uning nomi bilan atalgan.

  1. 1,0 1,1 1,2 ; Louis PaulFilm Fatales: Women in Espionage Films and Television, 1962-1973. McFarland, Incorporated, Publishers, 2002. ISBN 1476667977. 
  2. „The Road: Merrick Shoots Mata“. Time. 8 December 1967. 2019-07-01da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5 February 2018.
  3. Peter Marks.. „A Role Rekindled“ (2006-yil 24-mart).