Kontent qismiga oʻtish

Mariya Kolikova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mariya Kolikova
Tavalludi 29-avgust 1974
Fuqaroligi Chexoslovakiya va Slovakiya

Mariya Kolikova (slovakcha: Mária Kolíková) – slovakiyalik ayol siyosatchi va huquqshunos. „Xalq uchun“ partiyasi aʼzosi. 2020-yil 21-martdan Igor Matovich boshchiligidagi hukumatda amaldagi adliya vaziri. 2020-yil 29-fevraldan 2020-yil 21-martgacha Milliy Rada aʼzosi[1][2][3].

1974-yil 29-avgustda[3] Dunay-Stredada tugʻilgan.

1993―1999-yillarda Bratislava shahridagi Y. A. Komenskiy nomidagi universitetining yuridik fakultetida tahsil oilb, magistrlik darajasini olgan[3]. 1998-yilda Janubiy Afrikaning Durban shahridagi Kvalulu-Natal universitetida tahsil olgan. 2001-yilda AQShning Vashington shahridagi Georgetown universiteti huquq fakultetida amaliyot oʻtagan. 2004-yilda Gollandiya Xelsinki qoʻmitasida Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudida kamsitish ishlarini koʻrib chiqishga bagʻishlangan seminarda ishtirok etgan.

1997―2005-yillarda gumanitar loyihalar, fuqarolik va demokratiya kafedrasida dars bergan. 1998―2002-yillarda huquqshunos talabalar uchun bahorgi va yozgi inson huquqlari maktablarida ishlagan. 2001-yilda Trnava universitetining yuridik fakultetida jamoat yuridik klinikasiga asos solgan va bu yerda 2005-yilgacha dars bergan.

Ingliz, fransuz, rus va nemis tillarini biladi[3]. 1999―2002-yillarda yuridik firmada yuridik tarjimon boʻlib ishlagan. 2003-yildan buyon advokat boʻlib ishlaydi. 2007―2009-yillarda oʻzining yuridik firmasiga egalik qilgan. 2012-yil iyulidan 2016-yil martigacha va 2018-yil sentabrigacha Kolikova & Partners’da advokat.

2019-yil 2-sentabrda tashkil etilgan va Slovakiya prezidenti Andrey Kiska tomonidan boshqariladigan „Xalq uchun“ partiyasiga qoʻshiladi. 2020-yil 29-fevralda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida Milliy Radaga „xalq uchun“ partiyasidan deputat saylanadi[4]. 21-mart kuni hukumat ishiga oʻtgani sababli Milliy Radani tark etadi. Oʻrnini Aleksandra Pivkova egallaydi.

2006-yilda Adliya vaziri Lusiya Jitnianska Mariya Kolikovani Huquqiy yordam markazi direktori etib tayinlagan. Keyingi adliya vaziri Stefan Garabin dekabr oyida bu qarorga norozilik bildirgan va lavozimini tark etgan. 2010-yilning iyulidan 2012-yilning martigacha Radikovaning idorasida Lusiya Jitnianska boshchiligidagi Slovakiya Adliya vazirligi kotibi boʻlgan. 2012-yilning may-iyun oylarida Chexiya Adliya vaziri Irji Pospisilning sud-huquq tizimidagi islohotlar boʻyicha xorijiy maslahatchisi boʻlib ishlagan. 2016-yilning martidan avgustigacha Fikoning uchinchi hukumatida Slovakiya Adliya vazirligi davlat kotibi.

2020-yil 21-martda Igor Matovich boshchiligidagi Matovich kabinetida adliya vaziri lavozimini egallaydi[3][2][1]. 2021-yil 8-sentyabrda „Xalq uchun“ partiyasini tark etib, Rixard Sulik boshchiligidagi „Ozodlik va birdamlik“ partiyasiga oʻtadi. Bosh vazir oʻrinbosari Rixard Sulik bilan birga Slovakiya bosh vaziri tomonidan qoʻyilgan shartga koʻra, Rossiyaning „Sputnik V“ vaksinasini sotib olish tufayli yuzz bergan hukumat inqirozi natijasida isteʼfoga chiqqan[5][6]. Shu jumladan prezident Zuzana Chaputova 23-mart kuni isteʼfoga chiqadi. 1-aprel kuni Eduard Xegerning kabinetida adliya vaziri lavozimini egallaydi[7]. 2022-yil 5-sentyabrda „Ozodlik va birdamlik“ partiyasi ittifoqini tark etganligi sababli isteʼfoga chiqadi[8], 13-sentyabrgacha oʻz vazifasini bajarib kelgan.

  1. 1,0 1,1 „Slovakiya Prezidenti İqor Matoviç hökumətini təsdiqlədi“. ТАSS (2020-yil 21-mart). 2020-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  2. 2,0 2,1 „Mária Kolíková“ (sk). SME. 2020-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Ministerka spravodlivosti Slovenskej republiky. Mgr. Má​ria Kolíková“ (sk). Ministerstvo spravodlivosti SR (2020). 2020-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  4. Martin Sliz, Tomáš Kyseľ, Martin Odkladal. „Kto sú ministri Matovičovej vlády (profily)“ (sk). Aktuality.sk (2020-yil 18-mart). 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  5. „Премьер Словакии назвал условие ухода в отставку“. РИА Новости (2021-yil 21-mart). 2021-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-mart.
  6. Фомина, Елизавета. „Вице-премьер Словакии подал в отставку из-за скандала со «Спутником V»“. Deutsche Welle (2021-yil 22-mart). 2021-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-mart.
  7. „Президент Словакии утвердила состав правительства во главе с премьером Эдуардом Хегером“. ТАСС (2021-yil 1-aprel). 2021-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-aprel.
  8. „В Словакии распалась правительственная коалиция“. ТАСС (2022-yil 5-sentyabr). 2022-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.