Mariya Shekerova
Mariya Shekerova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston Rossiya |
Tavallud sanasi |
9-dekabr 1988-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Boʻyi | 178 sm |
Vazni | 104 sm |
Sport | |
Murabbiy(lar)i | Viktor Popov, Nikolay Shveykin |
Mariya Aleksandrovna Shekerova (9-dekabr 1988-yil, Toshkent) – oʻzbek, keyinchalik rossiyalik dzyudochi va sambo kurashchisi, dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempioni va Rossiya chempioni. Dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatlari sovrindori, jahon chempioni, Yevropa kubogi sovrindori[1]. Rossiya xalqaro toifadagi sport ustasi. Pekindagi 2008-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari ishtirokchisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mariya Shekerova 9-dekabr 1988-yil Toshkent shahrida sportchilar oilasida tavallud topgan. Onasi yadro uloqtirish boʻyyicha sport ustasi, otasi koʻpkurash ustasi boʻlgan. Uning xolasi, amakisi va opalari ham yengil atletikachilar edi. Mariya birinchi sinfdan boshlab taekvondo, ushu, basketbol bilan shugʻullangan. 12 yoshida dzyudo bilan shugʻullana boshlagan va bir yildan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasiga qoʻshilgan[2].
Sportchi 2007-yilda Respublika olimpiya zaxiralari kollejini tamomlagan. 2009-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtgan Qozon federal universitetining jismoniy tarbiya fakulteti talabasi boʻlgan. Dinamo sport jamiyatini himoya qilgan[3].
Sport natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dzyudo
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yil dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida (78 kg dan yuqori toifa) – , 2011-yil dzyudo boʻyicha Rossiya chempionatida (78 kg dan yuqori toifa) – , 2012-yil dzyudo boʻyicha Rossiya chempionatida – va 2013-yil dzyudo boʻyicha Rossiya chempionatida – oʻrinni egallagan.
Sambo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mariya Aleksandrovna 2019-yil Sambo boʻyicha Rossiya chempionatida – , 2020-yil Sambo boʻyicha Rossiya chempionatida – , 2021-yil Sambo boʻyicha Rossiya chempionatida – va 2022-yil Sambo boʻyicha Rossiya chempionatida – oʻrinni qoʻlga kiritgan.
Plyaj sambosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mariya Shekerova 2021-yil Plyaj sambosi boʻyicha Rossiya chempionatida – , 2022-yil Plyaj sambosi boʻyicha Rossiya chempionatida – va 2023-yil Plyaj sambosi boʻyicha Rossiya chempionatida – oʻrin sohibasi boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Aziatskie igri zaversheni“. 2016-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.
- ↑ Mariya Shekerova: „Ya lyublyu ekstrim“[sayt ishlamaydi]
- ↑ „ЭТО БОЛЬШАЯ ЧЕСТЬ…“. dinamo-tatarstan.ru. Qaraldi: 2016-yil 17-sentyabr.[sayt ishlamaydi]