Kontent qismiga oʻtish

Markada

Koordinatalari: 35°45′32″N 40°46′9″E / 35.75889°N 40.76917°E / 35.75889; 40.76917
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Markada

مَرْكَدَة
Shaharcha
35°45′32″N 40°46′9″E / 35.75889°N 40.76917°E / 35.75889; 40.76917
Mamlakat Suriya
Muhofaza Hasaka
Okrug Hasaka okrugi
Kichik tuman Markada nohiyasi
Aholisi
 (2004)
2,530[1]
Vaqt mintaqasi UTCEET +2; +3
Markada xaritada
Markada
Markada

Markada (arabcha: مَرْكَدَة, shuningdek Margada) Suriyaning shimoli-sharqidagi Hasaka muhofazasining janubida joylashgan shaharcha. Maʼmuriy markazi tarkibida 13 munitsipalitet mavjud boʻlgan Markada nohiyasi. 2004-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Markada aholisi 2,530 kishini tashkil qilgan[1].

Shaharni Xobur daryosi ikki qismga boʻlib turadi.

Markada „Makisin“ (shuningdek „Makasîn“, „Maykasan“ yoki „Makîs“ deb ham talaffuz qilinadi) qishlogʻi oʻrnida tashkil qilingan[2]. Ilk islom hukmronligi davrida (7—10-asrlar) Makisin Diyor Rabiʼa tumani tarkibidagi Xobur daryosi boʻyidagi daryodan koʻprik oʻtgan joydagi shaharcha boʻlgan[3]. Hudud atrofida katta miqdorda paxta yetishtirilgan[3]. 680-yillarning oxirida koʻp sonli nasroniy Tagʻlib qabilasi aʼzolari uzoq davom etgan Qays—Yaman adovati davomida Sulaym qabilasi tomonidan Makisindagi pistirmada oʻldirilgan[4].

Prozelit Obodiyo 12-asrda Makisinga tashrif buyurib, hududda Kodeks Sassoonga amal qiladigan yahudiylar jamoasi va sinagogasini koʻrgan[5].

Fuqarolar urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markada 2013-yilda Suriya hukumati kuchlari va an-Nusra fronti o‘rtasidagi janglarga guvoh boʻlgan[6][7]. Shahar ustidan nazorat o'rnatgan an-Nusra fronti keyingi yili Markada jangida Islomiy Davlat tomonidan quvib chiqarilgan. 2014-yil mart oyiga kelib minglab aholi Markadadan qochib ketgan. Ularning koʻplari Deir az-Zor muhofazasidagi as-Sur shahriga borgan[8].

AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShIDga qarshi havo hujumlari davomida 2017-yil sentabrida shaharchani nishonga olishi natijasida, ko‘plab qurbonlar, jumladan, iroqlik qochqinlar ham qurbon bo‘lgan[9]. 19-oktyabr kuni SDF shaharga hujum qilib, uning bir qismini egallab olgan[10][11]. Shahar 2017-yil 9-noyabrda SDF tomonidan toʻliq bosib olingan.

  1. 1,0 1,1 „2004 Census Data for Nahiya Markada (ar). Syrian Central Bureau of Statistics. Also available in English: UN OCHA. „2004 Census Data“. Humanitarian Data Exchange.
  2. Abdul Karim, Maamoun; Makdissi, Michel. Al-Jazīrah al-Sūrīyah, al-turāth al-ḥaḍārī wa-al-ṣilāt al-mutabādalah: waqāʼiʻ al-muʼtamar al-duwalī, Dayr al-Zūr. The Ministry of Culture (Syria) and Directorate General of Antiquities and Museums, 2002 — 302-bet. 
  3. 3,0 3,1 Le Strange, Guy. The Lands of the Eastern Caliphate: Mesopotamia, Persia, and Central Asia, from the Moslem Conquest to the Time of Timur. New York: Barnes & Noble, Inc., 1905. OCLC 1044046. 
  4. Wellhausen, J.. The Arab Kingdom and its Fall. University of Calcutta, 1927 — 204-bet. ISBN 9780415209045. 
  5. Schuessler, Jennifer. „Oldest Nearly Complete Hebrew Bible Heads to Auction“ (2023-yil 15-fevral). Qaraldi: 2023-yil 15-fevral.
  6. Heras, Nicholas A. „The Battle for Syria's Al-Hasakah Province“. Combating Terrorism Center at West Point. United States Military Academy (2013-yil 24-oktyabr). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  7. Boeykens, Jan „Latest News Syria: Foreign backed terrorists killed“. La Fondation. Werkgroep Morkhoven (2013-yil 26-iyun). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  8. Aziz, Judi „Al-Nusra and Islamic Front advance in Hasaka countryside“. ARA News (2014-yil 8-mart). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  9. The massacre of Markadah town south of Hasaka kills at least 11 people half of them are Iraqi refugees, Syrian Observatory for Human Rights, 26 September 2017
  10. „SDF has entered Markada and have captured parts of it“.
  11. @VivaRevolt. „SDF has entered Markada and have...“ (2017-yil 19-oktyabr).