Kontent qismiga oʻtish

Markaziy hujumchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Basketboldagi holat

Markaziy hujumchi – basketbol sport turidagi oʻyinchining pozitsiyalaridan biri. Markaziy hujumchi – markazda oʻynay oladigan iqtidorli kuchli hujumchi boʻlishi lozim. Bu roldagi oʻyinchi maydonda toʻpni olish uchun kurashadi. Ushbu pozitsiyadagi hujumchilarning boʻyi qolgan pozitsiyadagi oʻyinchilarga nisbatan balandroq boʻlishi maqsadga muvofiq[1]. Bundan tashqari, markaziy hujumchi harakatchanligi, oʻrta masofadan toʻp otish qobiliyati bilan ajralib turadi. Driblingi yaxshi markaziy hujumchilarda imkoniyat qolganlarga nisbatan yuqori boʻladi. Nafaqat raqib jamoa savatiga toʻp tushirishi, balki raqib jamoadan keladigan hujumlarni himoya qilishi ham lozim.   „Markaziy hujumchi“ atamasi basketbolga norasmiy atama sifatida 1960-yillarda oʻyin pozitsiyalarining universallashuvi tufayli vujudga keldi. Bu roldagi ilk oʻyinchilar Marcus Camby va Jermaine O'Neal edi. Boʻyi 211 sm boʻlgan Marcus Camby markazda oʻynagan.  

  1. The Basketball Handbook (pg 14) (2004). Lee H. Rose ISBN 0-7360-4906-1(ingl.)