Markaziy stadion (Pavlodar)
Toʻliq nomi |
Pavlodar shahar hokimligi, Pavlodar shahar jismoniy tarbiya va sport bo‘limining “Markaziy stadion” davlat kommunal korxonasi[1] qozoqcha: Орталық стадион |
---|---|
Sobiq nom(lar)i | „Traktor“ |
Joyi | Pavlodar, Qozogʻiston |
Qachon qurilgan | 1947-yil |
Qachon ochilgan | 1947-yil |
Qachon taʼmirlangan | 2001-yil, 2007-yil, 2015-yil va 2020-yil |
Hajmi | 11 828[2] |
Maydon oʻlchami | 105 × 68 m |
Maydon egalari | |
„Aksu“ FK |
Markaziy stadion (qozoqcha: Орталық стадион) — Qozogʻistonning Pavlodar shahridagi koʻp maqsadli stadion. Stadionning avvalgi nomi — „Traktor“. U „Irtish“ futbol klubining uy stadioni hisoblanadi.
Tashqi koʻrinishi va darajasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbol arenasi 1947-yildan beri oʻz bagʻrida futbol bahslarini qabul qiladi. foydalaniladi. Stadion 105×68 metr o‘lchamdagi o‘yin maydoniga ega bo‘lib, 11 828 tomoshabinga mo‘ljallangan. „Markaziy“ 2001-, 2007-, 2015- va 2020-yillarda rekonstruksiya qilingan. Quyidagi oʻzgarishlar amalga oshirilgan:
2001-yilgi rekonstruksiya:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ishqibozlar uchun avtoturargohlar qurildi.
OAV vakillari uchun maxsus qism kengaytirildi, operatorlar uchun maydonchalar qurildi.
Jamoalarning kiyinish xonalari va konferensiya xonasi kengaytirildi.
Futbol maydonida keng ko‘lamli taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
Maysaning sug‘orish tizimi rekonstruksiya qilindi.
Barcha oltita yoritish ustunlari tiklandi (poydevor betonlashtirildi).
Jamoat hojatxonalari kapital taʼmirdan chiqarildi.
2007-yilgi rekonstruksiya:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy oʻyin maydonining tabiiy chimini Gollandiyada ishlab chiqarilgan drenaj tizimiga ega sunʼiy maysa bilan almashtirish.
Stadionning kichik maydoni qurilgan.
Gʻarbiy, shimoliy, sharqiy tribunalar oʻrindiqlarini UEFA standartlariga mos keladigan suyanchigʻi 30 sm boʻlgan plastik oʻrindiqlarga almashtirish.
Yugurish yo‘lagi asfaltlangan.
VIP-qism yangilandi.
Tashqi taʼmirlash: barcha konstruktiv detallarni boʻyash, stadion devorlari sayding bilan qoplangan, yogʻoch derazalar plastik oynalarga almashtirildi.
2007-2008-yillarda eskirgan elektron tablo videotakrorlar va boshqa oʻyindagi hisobotlarni koʻrish imkoniyatiga ega yangi LCD-monitor bilan almashtirildi. 2009-2010 yilgi mavsumda Irtish jamoasi sunʼiy isitiladigan maydonda mashgʻulotlarga chiqdi[3].
Tasvirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Markaziy stadion, Pavlodar, Qozog'iston. 2009-yil 20-may kuni "Irtish" va "Ordabasi" (Chimkent, Qozog'iston) jamoalari o'rtasidagi o'yin, Qozog'iston kubogi, 1/8 final. “Irtish” 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.
-
Stadion ma'lumot tablosi. 2009-yil 20-may
-
Stadionning 2007-yil 2-noyabrdagi ko'rinishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Центральный стадион города Павлодар“ (ru) (html) (deadlink). Pvl-Stadion.kz (2009-2010). — официальный сайт дирекции стадиона. 2009-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-mart.
- ↑ „Вместимость трибун: 11 828“. 2013-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
- ↑ Айдын Кожахмет. „«Иртыш» готовится в Павлодаре“ (ru). gazeta.kz (2010-yil 10-mart). Qaraldi: 2010-yil 13-mart.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- fc-irtysh.narod.ru sayti: Markaziy stadion