Markaziy tekisliklar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Markaziy tekisliklar - Shim. Amerikaning oʻrta qismidagi tekisliklar (AKSH va Kanada hududida), sharqsa Appalachi togʻlari, gʻarbda Buyuk tekisliklar, shim. va shim.-sharqda Lavrentiy qirlari va jan.da Meksika boʻyi pasttekisligi oraligʻida. Shim. Amerika platformasining jan. qismiga toʻgʻri keladi. Aksari qismining balandligi 150–500 m. Hududining 40° shahrik.dan shimolini toʻrtlamchi davrda muzlik qoplagan, relyefi sertepa, koʻl koʻp. Buyuk kullar, Vinnipeg , Manitoba va boshqa koʻllar bor. Iklimi moʻʼtadil kontinental, eng jan.da subtropik ikdim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shim.da — 20°, jan.da 4°, iyulniki 19—26°. Yozi iliq, seryomgʻir. Yillik yogʻin 400–1200 mm. Markaziy tekisliklarhududining 3/4 qismi qishloq xoʻjaligida foydalaniladi: yaylov, qaydaladigan yerlar, bogʻlar, aholi punktlaridan iborat. Shim. qismi va daryo vodiylarida aralash va keng bargli oʻrmonlar uchraydi. Foydali qazilmalardan toshkoʻmir, neft, qoʻrgʻoshin, rux rudasi konlari bor. Markaziy tekisliklar AQSH va Kanadaning muhim qishloq xoʻjaligi (gʻallachilik va chorvachilik) rayonlaridan. Markaziy tekisliklarda Chikago, Detroyt, Klivlend shahri aglomeratsiyalari joylashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |