Markov jarayonlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Markov jarayonlari - tabiatshu-noslik va texnikaning turli sohalarida tatbiq qilinadigan tasodifiy jarayonlar. Radioaktiv moddaning parchalanish jarayoni unga misol boʻladi. Biror sistemaning so, holatdan a holatga oʻtish ehtimoli P.. (t) faqat t ga bogʻliq boʻlib, jarayonning oʻtishiga bogʻliq boʻlmasa, bunday jarayon Markov jarayoni deyiladi. Yuqoridagi shart Markov jarayonlarini matematika usullari bilan toʻla tekshirishga imkon beradi. Mas, radioaktiv moddaning parchalanishida har bir atomning cheksiz kichik dt vaqt oraligʻida parchalanish ehtimoli adt ga teng boʻlib, u boshqa atomlarga bogʻliq emas (parchalanish jadalligi a modda turiga bogʻliq koeffitsiyent). Markov jarayonlari nazariyasi A. A. Markov tadqiqotlari asosida yuzaga kelgan (1907), 1930-yilda A. N. Kolmogorov oʻrgana boshlagan. Markov jarayonlari nazariyasining rivojlanishi va tatbiqiga T. A. Sarimsoqov, S. H. Sirojiddinov katta hissa koʻshgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |