Marokash chigirtkasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Marokash chigirtkasi (Docios-taurus maroccanus Thumb.) — toʻgʻriqanotlilar turkumiga mansub hasharot. Tanasining uz. 2,5—4,2 sm, qizgʻishsariq. Och-qoʻngʻir tusli old koʻkragidagi "x" harfiga oʻxshash oq naqshi bilan boshqa chigirtkalardan farq qiladi. Koʻzachasida 18—42 ta tuxum boʻladi. Lichinkalari 5 yosh davomida rivojlanadi. Tuxumdan lichinkalari, odatda, aprelning 1-yarmida yoki birmuncha kechroq chiqadi. May oyida qanot chiqaradi. Bir toʻdadagi lichinkalarning qanot chiqarishi uchun 7—10 kun kerak. Shundan 8—10 kun oʻtgach, ular urugʻlanadi va tuxum qoʻya boshlaydi. Marokash chigirtkasi galagala boʻlib hayot kechiradi. Lichinka toʻdalari dasht tomondan keng koʻlamda harakatlanib, ekinlarga yopiriladi (shuning uchun koʻpincha uni dasht chigirtkasi deb ham atashadi). Dehqonchilik mintaqalarida keng tarqalgan. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining xavfli zararkunandasi.
Marokash chigirtkasining tabiiy kushandalaridan biri shaqshaqlar oilasiga mansub qush — sochdir. Bu qushlar baʼzan chigirtkalarning ayrim tuda va galalarini yeb, butunlay yoʻq qiladi.
Kurash ch oral ar i : qoʻriq va tashlandiq yerlarni oʻzlashtirish; sumitsidinning 20%li emulgirlanuvchi kon-sentratsiyasi (0,2—0,3 kg/ga) yoki detsisning 25% li emulgirlanuvchi konsentratsiyasini (0,2—0,5 kg/ga) purkash.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |