Kontent qismiga oʻtish

Mars maydoni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mars maydoni - 1) Qad. Rimda Tibr daryosining chap sohilidagi maydon (shahar tashqarisida). Dastlab Marsga bagʻishlangan marosimlar, harbiy va gimnastik oʻyinlar, chavandozlik musobaqalari oʻtkazilgan. Respublika davri (miloddan avvalgi 6-asr oxiri)da xalq yigʻini oʻtkazilgan joy. Keyinchalik maydonning bir qismida imorat qurilib, Mars mehrobi oʻrnatilgan joygina Mars maydoni deb yuritiladigan boʻlgan; 2) Parijdagi (Sena daryosining chap sohilida) maydon. 18-asrning 2-yarmida harbiy mashklar, Buyuk fransuz inqilobi davrida ommaviy namoyishlar va tantanali marosimlar oʻtkazilgan. Mars maydoni da 1889-yilda Eyfel minorasi kurilgan; 3) Peterburgdagi maydon, shahar markazi loyiha tizimidagi muhim tarkibiy qismi. 1818-yil qad. Rim Mars maydoniga qiyoslab nomlangan. Sarkarda P. A. Rumyansev ("Rumyansev obeliski", marmar granit, 1798—99, meʼmor V. F. Brenno) va A. V. Suvorov (bronza, granit, 1799—1801, haykaltarosh M. I. Kozlovskiy)ga yodgorlik oʻrnatilgan. Ansamblda marmarli saroy (1768—85, meʼmor A. Rinaldi), Pavlovsk kazarmalari (1817—20, meʼmor V. P. Stasov), shuningdek, Muhandislik qoʻrgʻoni, Yozgi bogʻ bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil